Zamburug’larning rivojlanishi, tarqalishi va parazitlik ixtisoslashuvi Reja



Yüklə 71,65 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü71,65 Kb.
#168084
1   2   3
Zamburug’larning rivojlanishi, tarqalishi va parazitlik ixtisoslashuvi

3.Zamburug’larning ko’payishi.


Zamburug’lar vegetativ, jinsiy va jinssiz yo’llar bilan ko’payadi.
Vegetativ ko’payishi. Vegetativ ko’payish ham bir necha xil bo’ladi.

  1. Mitseliy uzulib, mustaqil individga aylanadi. Masalan , xlamidaspor qalin po’st bilan qoplangan bo’lib, noqulay sharoitda o’sish qobilyatini saqlab qoladi.

Oudiylar vositasida ko’payish. Bunda mitseliy gifasining uchlari bir qancha ayrim hujayralarga bo’linadi. Hosil bo’lgan hujayra taraqqiy etib, yangi mitseliyga aylanadi.

  1. Kurtaklanish yo’li bilan ko’payish. Bunday ko’payish achitqi zamburug’lariga xos.

  2. Sklerotsiy vositasida ko’payish. Bu gifalarning zich qo’shilib o’sishidan hosil bo’ladi. U qoramtir binafsha rangli, qalin po’stli, zapas oziq moddalarga boy, shoxsimon bo’lib noqulay sharoitda tuproqda o’tkazadi. Bahorda o’sib mevatana hosil qiladi. Masalan buni shoxkuya zamburug’da ko’rish mumkin.

Jinssiz ko’payish. Bu ikki xil usulda boradi: zoosporalar endogen yo’l bilan giflar ichidagi zoosporalar ichida taraqqiy etadi, uning ichida bir yoki ikki xivchinli zoosporalar taraqqiy etadi. Zoosporalar xivchinlari silliq yoki tuklidir. Zoospora yetilgandan so’ng hujayra devorini yorib chiqadi. Suvda suzib yurib biror substratga yopishib o’sadi va yangi individga aylanadi. Bunday usul bilan ko’payish xitridiomitset, oomiset va gifoxitpiomitetsimonlar sinfiga oiddir.
Zigomitsetsimonlar sinfining vakillari sporangiy sporalarini hosil qilish bilan ko’payadi. Bu sporalar ham zoosporalarga o’xshash sporangiy ichidagi ko’p yadroli moddalarga bo’linib bir qancha bir yadroli sharsimon va post bilan o’ralgan harakatsiz sporalar hosil qiladi. Sporangiy ichida endogen yo’l bilan hosil bo’lgan bu sporalarga sporangiy spora deyiladi. Sporalar juda mayda bo’lib shamol yordamida yoki hashorotlarga yopishib atrofga tarqaladi. Bunday sporalarni hosil qilishi zamburug’larning suv muhitida yer betiga chiqib o’sishi bilan bog’liq.
Jinsiy ko’payish. Zamburug’larning bunday ko’payishi deyteromitsset-simonlar sinfidan boshqa hamma zamburuglarda uchraydi. Mazkur jarayon asosan 3 ta guruhga bo’linadi: gametogamiya, gametangiogamiya va somatogamiya.

  1. Gametogamiya tuban zamburug’larda rivojlangan bo’lib suvo’tlardagi kabi bo’lib: izogamiya, geterogamiya va oogamiya kechadi. Ko’pchilik zamburug’larda oogamiya usulda kechadi. Bunda harakatsiz tuxum hujayralarning urug’lanishda anteridiy o’simtasi ishtirok etadi, ayrim vakillarida tuxum xujayraning urug’lanishi spermatazoidlar yordamida sodir boladi.

  2. Somatogamiya bazidiyomitsetsimonlar sinfiga xos. Bunda jinsiy hujayralar ishtirok etmasdan faqat mitselliy somatik hujayralar ishtirok etadi.

  3. Gametangeogamiya zigomitsetsimon va haltachasimonlar zamburug’lar sinflariga oid bo’lib har xil tupda chiqqan giflar uchlari bilan bir biriga qarab o’sadi va uchi bo’rtib shishadi. Ularning tutashgan joylarida ajratib turuvchi to’siqlar paydo bo’ladi. Keyin bu to’siq erib ketib moddalari esa birlashib ketadi. Hosil bo’lgan zigota zigospora deb ataladi. Biroz tinim davrini o’tagandan so’ng u o’sib qisqa sporangiy band ichida shoxlanmangan yosh sporangiyga aylanadi.

Zigota hosil qiluvchi hujayralar hamisha diploidli bo’ladi. Yadrolari zigota hosil bo’lish jarayonidagina juft- juft bo’lib qo’shiladi.
Bu qo’shyadroli zigota o’sgan vaqtida reduksion bo’linadi, natijada gaploid sporalar hosil bo’ladi. Embrion sporangiysi oddiy sporangiydan ikkala jinsga xos bo’lgan belgilarining borlig’i bilan farq qiladi. Oddiy sporangiyning sporalari faqat bir xil jinsiy belgilarga ega bo’lgan sporalardan tashkil topgan. Haltachali zamburug’larning jinsiy ko’payishi gametangiyogamiyali bo’lib ularda jinsiy organlar ancha differensiyalashgan bo’ladi. Urg’ochi jinsiy askogen ipsimon troxoginadan iborat. Trixogina orqali erkak jinsiy organ anteridiyning suyuqligi oqib askogen qorinchasiga kiradi. Askogen ichida plazmalar qo’shiladi, yadro esa qo’shilib bir-biriga yaqinlashadi va dikarpionlar hosil qiladi. Plazmalar qo’shilgandan so’ng tinim davrini o’tamasdan aksogen gifalari o’sib chiqadi. Iplari ichida dikarpionlar ham ko’payib keyin bo’linadi va haltachalar hosil qiladi.
Aksosporalar yetilgach shamol yordamida tarqaladi va o’sadi. Gaploid yadroli mitselliyga aylanadi. Bazidiyali zamburug’larning jinsiy ko’payishi ikki hujayra protoplastlarining o’zaro qo’shilishidan boshlanadi. Ko’p yadroli yani dikarpionlar hosil bo’lgandan so’ng yadrolar qo’shilishi sodir bo’ladi va diploid xromosomali hujayraga aylanadi. Reduksion bo’linib 4ta hujayra yadrosini hosil qiladi. Bunday sporalar bazidiya hujayralari yuzasida yig’iladi.

Yüklə 71,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin