9-Maruza. Moddaning agregat xolati. Moddaning zichligi. Suyuqlik va gazlar bosimi. Atmosfera bosimi va ortiqcha bosim. Bosimni oʹlchash. Paskal qonuni.
Reja:
1.Moddaning agregat xolati
2.Modda zichligi
3.Suyuqlik va gazlar bosimi
4. Atmosfera bosimi va ortiqcha bosim
5.Bosimni o’lchash
6.Barometrik bosim
7.Paskal qonuni
Kalit so’zlar: agregat xolat, plazma, zichlik, barometr, manometr, atmosfera, gidravlik, paskal , bar.
[1]261-267, 423-438
[2]261-267
Moddaning agregat xolati Bizga moddaning uchta agregat xolati yoki fazasi ma`lum : qattiq, suyuq va gaz xolat. Qattiq jism xajmi va shaklini doimiy saqlaydi. Unga katta kuch qo’yib bo’lsa ham xajmi va shaklini o’zgartirish qiyin. Suyuqliklar siljish kuchlanishiga bardosh bera olmaydi va aniq shaklga ega emas. Ular idish shaklini oson egallaydi. Biroq ularni qattiq jismlar kabi siqish qiyin va ularning xajmini katta kuch ta`sirida o’zgartirish mumkin. Gazlar ma`lum xajmga ham, shaklga ham ega emaslar. Ular solingan idishning xajmini to’liq egallaydilar. Ma`lum shaklga ega bo’lgan suyuqlik va gazlar oquvchanlikka ega. Bu umumiy xossa ularni birlashtiradi.Fazalar orasida aniq chegarani o’tkazish unchalik oson emas. Masalan, sariq yog’ nimaga kiradi? Bulardan tashqari yana to’rtinchi plazma xolati ham mavjud. Plazma juda yuqori temperaturalarda, atomlar o’zlarining eleatronlarining bir qismini yo’qotib ionga aylanganida mavjud bo’la oladi Ayrim olimlar kalloid eritmalar alohida agregat xolatga ajratilishi kerak deb xisoblaydilar.
Modda zichligi Ayrim xollarda temir yog’ochdan og’irroq deyiladi. Temirning zichligi yog’ochning zichligidan katta deyish to’g’ri bo’ladi. Modda zichligi birlik massaning xajmga nisbati kabi aniqlanadi:
ρ ҳ m/V, (1)
bu yerda m- moddaning ayrim miqdorining massasi, V-uning xajmi.Zichlik moddaning xarakterli xossasidir. MA`lum moddadan yasalgan buyumlar turli o’lchamda va turli massada bo’lishi mumkin, biroq ularning zichligi doimo bir xil bo’ladi. SI sistemasida zichlik birligi kg/m3 bo’lib, ayrim xollarni uni g/sm3 larda ko’rsatadilar. Zichlikni g/sm3 dan XBS ga o’tkazish uchun uni 1000 ga ko’paytirish kerak, chunki 1 kg/m3 = (1000 g)/(100 sm)3 = 10-3 g/sm3. SHunday alyuminiyning zichligi ρ =2,70 g/sm3 = 2700 kg/m3 ga teng. Qator moddalar zichliklari jadvalda keltirilgan. Zichlik temperatura va bosimga bog’liq (qattiq jism va suyuqliklarda bu bog’liqlik sezilarsiz). SHuning uchun quyidagi jadvalda zichlik o’lchangan sharoit ko’rsatilgan. Moddaning nisbiy zichligi 4,0 °S temperaturada modda zichligining suv zichligiga nisbati bilan aniqlanadi. Bu kattalik o’lchamsiz kattalikdir. Suv zichligi 1,00 g/sm3 = 1,00-103 kg/m3 ga tengligidan ixtiyoriy moddaning nisbiy zichligi son qiymat jihatidan uning g/sm3 dagi zichligiga teng yoki kg/m3 da ifodalangan zichligidan 103 marta kichikdir. Masalan qo’rg’oshinning nisbiy zichligi 11,3 va spirtniki 0.79 ga teng.