O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAХSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
SOIBJON BEGMATOV
BASTAKORLAR
IJODI
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
TOSHKENT – «NISO POLIGRAF» – 2017
UO‘K 85.313
KBK 85.313ya721
B 45
Taqrizchilar:
Rahimova Shahnoza Ergashevna – Namangan san’at kolleji
«Musiqa nazariyasi» kafedrasi mudiri;
Sodiqova Muhabbat Soliyevna – Namangan san’at kolleji
«Musiqa nazariyasi», kafedrasi bosh o‘qituvchisi;
Ahmedova Nilufar Adhamjon qizi – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
qoshidagi iqtidorli bolalar akademik litseyi o‘qituvchisi;
Zokirov Aziz Rayimjonovich – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
«Musiqiy sharqshunoslik» kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Mas’ul muharrir:
Abdullayev Rustambek Samigovich – san’atshunoslik fanlari doktori,
professor.
O‘quv qo‘llanma Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari,
musiqa san’ati sohasidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, «Bastakorlik ijodi» fan dasturi asosida yaratilgan.
Unda o‘zbek bastakorlik ijodiyotining shakllanish jarayoni, tarixiy manbalar
va namoyandalar, bastakorlik amaliyotining tarixiy shakllanishi va rivojlanishi,
ilmiy o‘rganilishi, yaratilgan manbalar, musiqa ijodiyotida samarali faoliyat
olib borgan bastakorlarning hayoti, faoliyati va ijodi yoritilgan.
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan
nashrga tavsiya etilgan.
ISBN 978-9943-4870-8-6
©
S. Begmatov
, 2017
© «NISO POLIGRAF», 2017
3
KIRISH
O‘zbek xalq mumtoz musiqa ijodiyoti xalqimiz ma’naviy
merosining negizlaridan hisoblanadi. Moddiy-ma’naviy
boyliklar
asosida yuzaga kelgan ulkan merosning zaminida xalqimizning
milliy an’analari, qadriyatlari mujassam topgan. Ma’naviy merosni
o‘rganish, zamonga mos rivojlantirish har bir davr taraqqiyotining
asosiy omillaridandir. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim
to‘g‘risida»gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida
belgilangan asosiy masalalardan
biri ham kelajak avlodning
kamolotida, ta’lim-tarbiya berishning maqsadi yosh avlodni istiqlol
mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida
tarbiyalash va musiqa ta’limiga tayyorlashdan iborat ekanligi e’tirof
etilgan.
Xalqimizning milliy-ma’naviy merosini musiqa san’atisiz tasavvur
etib bo‘lmaydi. Azal-azaldan ajdodlarimiz tomonidan yaratilib,
qadriyatlar sifatida shakllanib kelinayotgan milliy urf-odatlarimiz,
an’anaviy tarzda avlodlardan avlodlarga o‘tib, xalqimizning buyuk
ma’naviy dunyosini namoyon etib kelmoqda. Xalq musiqa ijodiyoti,
musiqa sohasidagi yozma manbalar, bastakorlik san’ati,
kasbiy
musiqa ijodiyoti bunga yorqin misoldir. Chunonchi, bu jarayon
musiqa san’atining barcha kasbiylik ahamiyatiga ega bo‘lgan
tarmoqlari uchun asos bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Mustaqillik sharofati bilan barcha sohalar kabi milliy musiqa
san’ati ham nazariy hamda amaliy jihatdan keng o‘rganilib, har
tomonlama ravnaq topib kelayotganligi sir emas. Buning asosiy
sabablaridan biri respublikamizda xalqimiz o‘tmishini o‘rganishga,
buyuk allomalar yaratgan
ilmiy merosni idrok etishga, sohaning
amaliyotini o‘zlashtirish bilan birga nazariy mezonlaridan bilim olishga
4
katta e’tibor qaratilayotganligidir. Asosiy maqsad ham yoshlarimizni
komil inson sifatida tarbiyalash, hech kimdan kam bo‘lmagan
barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Zero, «Vatanimizning
kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon
hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvalambor
farzandlarimizning
unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga
bog‘liq»
1
.
Darhaqiqat, san’at millatning ma’naviy boyligi, hayotining
ko‘zgusidir. San’atlar ichida musiqa xalqqa tez yetib boradigan,
keng ommalashgan turi hisoblanadi. Musiqa san’ati o‘zining
qadimiyligi, janrlarga boyligi, mazmun-mohiyatan keng qamrovliligi,
ommabopligi bilan jamiyat turmush hayotining ajralmas qismiga
aylanib ulgurgan.
Musiqa san’atining muhim tarmog‘i
musiqa ijodiyoti va
ijrochiligidir. Musiqiy namunalar yaratilish va ijro etish kabi
mezonlarni o‘z ichiga oladi. Ularni tugal asar shakliga keltiradigan,
ohang va sadolar orqali insonga ruhiy ozuqa beradigan kuy va
qo‘shiqlarning yaratilishi bastakorlik ijodiyoti bilan bog‘liqdir.
Bu, albatta, musiqa san’atining eng muhim tarmog‘i hisoblanadi.
Demak, musiqa yaratuvchilari, ya’ni bastakorlarning ijodiyoti
xalq ma’naviyati,
madaniyati, tarixi, an’ana va qadriyatlari haqida
ma’lumot beruvchi axborot manbayi vazifasini ham o‘taydi.
Bastakorlik san’ati juda keng tushunchadir. Oddiy qilib aytganda,
xalq musiqasi ham xalq tomonidan ommaviy tarzda yaratiladi va
ijro etilib kelinadi. Demak, bu ham bastakorlik san’atining bir
ko‘rinishidir. Faqat ular xalqimizning hayoti, voqelik, marosim va
udumlariga bog‘liqligi bilan ajralib turadi.
Ana shu jarayonning
ravnaqi, ya’ni milliylikning rivoji, xalqimizning tafakkuri,
ma’naviyati, ma’rifiy kamoli, jamiyat rivoji va buyukligini musiqiy
ohanglarda muayyan shakllarga solib tasvirlab berish – bastakorlik
1