19
mahorati molokalom topib erdi va dilkash naqsh
1
lar va amal
2
lar va
dilpisand qavl
3
lar va g‘azallar tasnif qilur erdi va xo‘b aytur erdi.
Andoqki, eshitgan xavos va avom xushhol bo‘lmoqda beixtiyor va
o‘rganmoqda beqaror erdilar»
4
.
Ya’ni Navoiy Pahlavon Muhammadning musiqa san’atining
turli tarmoqlarida,
musiqashunos sifatida ilmli, bastakorlikda
samarador va ijrochilikda mohirlik bilan faoliyat olib borgan, ijod
etgan va muayyan bilimlarga ega bo‘lgan shaxs sifatida e’tiborga
loyiqligini bayon etadi. Pahlavon Muhammadning advor ilmida
ilg‘orligi, uslubiyot (metodika) nuqtayi
nazaridan idroklay olishi
hamda bunga nisbatan harakati samarali ekanligini Navoiy uqtirib
o‘tadi.
Musiqa nazariyasini idroklash fanni bilishga intilish demakdir.
Fanni bilish uni idroklash demakdir. Musiqa ilmini bilish, bundan-
da ko‘proq amallarni bilish uchun asos bo‘la olishiga urg‘u beradi.
Pahlavon Muhammadning bastakorlik, xonandalik sohasidagi ibratli
harakatlari ta’rifini keltiradi. Xususan, «Dilkash naqshlar va amallar
va dilpisand qavllar...» kabi bir jumla bilan uning bastakorlik
mahoratini ochib beradi.
Pahlavon Muhammadning bastakorlik ijodiga bergan ta’rifi ichida
«Mashhur amallaridan biri «chahorgoh» amalidur...» – deb keltirgan
ma’lumoti mavjud. Bu bilan Navoiy,
Pahlavon Muhammadning
bastakorlik faoliyatidagi ijodining yorqin namunalaridan biri
«Chahorgoh», ya’ni «Chorgoh» asari deb ta’kidlaydi.
Shu bilan birga Alisher Navoiy «Holoti Pahlavon Muhammad»
asarida musiqa fani, ijrochiligi va ijodiyotida mashhurlikka yetishgan
ustozlar xususida ma’lumotlar keltirib,
bu bilan ustozlarning ijodi
doimo zamon tafakkuri uchun ibrat bo‘lishini, ta’limda esa o‘rnak
1
Naqsh – musiqiy asar – kuy, qo‘shiq.
2
Amal – musiqiy asar – kuy, ashula, ohang.
3
Qavl – musiqiy asar – so‘z, gap, musiqaga solingan she’r.
4
A. Navoiy. Holoti Pahlavon Muhammad. – T., 2015. 111-b.
20
ekanligini uqtirib o‘tadi. Alisher Navoiy ushbu ustozlar Hirot
madaniy hayotining faol ishtirokchilari, shoir, bastakor va sozandalari
bo‘lganliklari xususida, ularning bastakorlik ijodiyotlarini keltirgan
holda o‘zining «Majolis un-nafois» kitobida ham alohida to‘xtalib
o‘tgan.
Dostları ilə paylaş: