Soibjon begmatov bastakorlar



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/43
tarix23.05.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#120267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
bastakorlar ijodi

Amaliy mashg‘ulot: ilk o‘rta asrlarda musiqa ijodiyotining 
kasbiy yo‘nalishi shakllanishidagi asosiy jarayonlar. Borbad 
Marvaziy ijodiyoti va kasbiy musiqa namunalarining amaliyotga 
kirib kelishi. Uning sozandalik, xonandalik va bastakorlik jihatlari. 
Borbadning musiqa ijodiyotida joriy qilingan yangi namunalari. 
Musiqa ijodiyotida kasbiylik tafakkur yo‘lini rivojlantirishi hamda 
uning keyingi rivojga ta’siri. Borbad ijodiyotida turkumiylikning 
shakllanishi. Borbad maqomot ijodiyotining asoschisi. Uning ijodi: 
Xusravoniylar, 30 ta lahn va 360 ta alhonlar. 
Abul Faraj al-Isfahoniyning «Qo‘shiqlar kitobi»dagi ma’lu-
motlarni o‘zlashtirish va tarix nuqtayi nazaridan zamonaviy musiqiy 
jarayon bilan solishtirish.
Tayanch so‘zlar: Isfahoniy, «Qo‘shiqlar kitobi», arablar, 
lahn, nag‘ma, qavl, parda, ovoz, naqsh, peshrav, savt, kor, tarona, 
sosoniyalar.
 Nazorat savollari
1. Abul Faraj al-Isfahoniy haqida so‘zlab bering.
2. «Qo‘shiqlar kitobi» necha bo‘limdan iborat?


14
3. Abul Faraj al-Isfahoniyning «Qo‘shiqlar kitobi» va unda bayon 
etilgan ma’lumotlar.
4. Ilk o‘rta asrlar bastakorligi qaysi davrlardan boshlangan?
5. Borbadning bastakorlik faoliyati va yaratgan asarlari.
1.2. RIVOJLANGAN O‘RTA ASRLAR BASTAKORLIGI
Ma’lumki, o‘rta asrlar ilmda «Uyg‘onish davri» deb yuritiladi. 
Bu ibora barcha ilmlarga taalluqli bo‘lib, musiqa san’ati, ayniqsa, 
bastakorlik ijodiyoti ham bundan mustasno emas. Musiqa san’atining 
barcha yo‘nalishlari, ya’ni musiqa ilmi va amaliyoti, ijodiyoti va 
cholg‘ushunosligi benihoya rivoj topganligi o‘tmish manbalarida 
ifodasini topgan. O‘tmish musiqiy risolalarini o‘rganib, tarjima 
qilinishi va davr allomalari tomonidan musiqa ilmiga bag‘ishlangan 
risolalar bitilishi musiqa ijodiyotining samaralarini belgilab berdi. 
Amir Temur va Temuriylar davri O‘rta va Yaqin Sharq xalqlari 
musiqa san’atining rivojlangan, ya’ni Uyg‘onish (Oltin) davri 
bo‘lganligi e’tirof etiladi. Ushbu davrda ilm-fan har tomonlama 
taraqqiy topadi. Musiqa san’atiga xos barcha yo‘nalishlar, ya’ni 
ilmiy va amaliy jarayon bir-biriga uyg‘un holda kamollikka erishdi. 
Ular qatorida bastakorlik ijodi o‘zining eng samarali asri, kamolot 
davrini o‘tadi. Avvalo, bastakorlik ijodining mahsuli bo‘lmish 
mumtoz musiqa o‘ziga xos tizimga keltirildi va 12 maqom 
tizimida, bir shaklda uyg‘unlashdi. «Musiqa ilmida, – deb yozadi 
O. Matyoqubov, – janglarning eng oliy navlariga nisbatan maqom 
iborasi birinchi bo‘lib Safiuddin Urmaviy tomonidan ishlatilgan. 
Sharq musiqasida keng tarqalgan «12 maqom» sistemasi ham ana 
shundan boshlangan
1
». 12 maqom tizimidagi Rost, Isfahon, Iroq, 
Ko‘chak, Buzurg, Hijoz, Busalik, Ushshoq, Husayniy, Zangula, 
1
O. Matyoqubov. Og‘zaki an’anadagi professional musiqa asoslariga 
kirish. – T., 1983. 23–24-betlar. 


15
Navo, Rahoviy kabi turkumiy asarlar majmuasi bastakorlik 
ijodiyotining eng murakkab va mukammal namunasi sifatida keyingi 
avlod uchun namuna bo‘ldi. 
Bastakorlik ijodiyotining keyingi bosqichi maqomlar asosida 
yuzaga kelgan behisob namunalarni tashkil etadi. Ushbu namunalar 
musiqa ijodiyotida ovoza (ularning soni 6 ta) va Sho‘ba nomlari bilan 
mashhurdir. 
Faqatgina sho‘ba nomlarining o‘zida, ushbu davrda bastakorlik 
ijodi ravnaq topganligini ko‘rish mumkin. Xususan, musiqa 
ijodiyotidagi sho‘balar manbalarda quyidagi tartibda keltirilgan: 
Dugoh, Segoh, Chorgoh, Panjgoh, Ashiran, Navro‘zi Arab, 
Mohur, Navro‘zi Xoro, Navro‘zi Bayotiy, Hisor, Nuhuft, Uzzol, 
Avj, Nayriz, Mubarqa’, Rakb, Sabo (Navro‘zi Sabo), Humoyun, 
Zovuliy, Isfahonak yoki Ro‘yi Iroq, Bastayi Nigor, Nihovand, 
Javziy, Muxayyar, Ajam va Navro‘zi Ajam.  
Temuriylar davri bastakorlari xususida teran va mazmunli 
ma’lumotlar mavjud. Abdurahmon Jomiy, Abdulqodir Marog‘iy, 
Zaynulobiddin Husayniy, Binoiy va Kavkabiylarning musiqa ilmi 
va amaliyotiga bag‘ishlangan risolalarida fanning turli yo‘nalishlari 
ilmiy bayon etiladi. Ushbu davr madaniyatiga katta hissa qo‘shgan 
buyuk mutafakkirlar, davlat arboblari musiqa san’ati rivojiga 
alohida e’tibor bilan qaraganliklarini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, 
musiqa ijodiyoti Alisher Navoiy merosida alohida yoritilgan. 
Buning sabablaridan biri, hazrat Navoiy rahnamoligida bu jarayonga 
alohida ahamiyat berilganligidir. Chunonchi, Mirzo Ulug‘bek, 
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, 
Hoji Yusuf Burhon Andijoniy, Hoji Abdullo Marvarid, Husayn 
Boyqarolar o‘zlari musiqiy asarlar, naqsh va amallar hamda usullar 
ijod qilganlar va bu haqdagi ma’lumotlar manbalarda zikr etilgan. 
Jumladan, Husayn Boyqaroning 17 ta usul, Alisher Navoiyning
7 ta usul, Mirzo Ulug‘bekning bir qator usullar muallifi ekanligini 
Darvish Ali Changiy o‘zining «Risolayi musiqiy» risolasida keltirib 


16
o‘tadi. Ularning bastakorlikda naqsh va peshravlar, «Chorgoh savti» 
yaratganliklari haqidagi ma’lumotlar bir qator manbalarda bayon 
etilgan. 
Temuriylar davri musiqa madaniyati hayoti Alisher Navoiyning 
asarlarida «Lison ut-Tayr», «Mahbub ul-qulub», «Majolis un-Nafois», 
«Holoti Pahlavon Muhammad», «Holoti Hasan Ardasher» kabi 
asarlarida asosli yoritilgan. Musiqa ijodiyoti doirasida bastakorlik 
ijodiyotining turli jihatlari har tomonlama Navoiy qarashlari bilan 
tahlil etilgan. Navoiy ta’limotini uning bitgan risolalari orqali 
anglash inson kamolotining garovidir. 

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin