11
591–628-yillar orasida xizmat qilib, o‘zining yorqin faoliyatini olib
borgan. Borbadning ijodi haqida xalq orasida ko‘plab afsonalar hamda
ma’lumotlar keltirilgan. Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma»
kitobida keltirilgan «Borbad qissasi»
1
, Nizomiy Ganjaviyning
«Xusrav va Shirin» dostonida «Borbadning 30 ta kuyi» kabilardagi
ma’lumotlar alohida ahamiyat kasb etadi
2
.
Xusrav Parviziyning saroyida Sarkash, Bamshod, Nokus, Romtin
kabi mashhur xonanda va sozandalar
faoliyat olib borganliklari
to‘g‘risida manbalarda bir qator ma’lumotlar keltiriladi. Lekin
Borbad o‘zining betakror iste’dodi va ijodi bilan san’at
sohasida
juda mashhur bo‘lgan.
Borbad ijodi davomida 7 ta yirik shakldagi asarlar turkumi
«Xusravoniy»larni
3
, 30 ta lahn
4
, 360 ta (alhon) qo‘shiq-dostonlarni
yaratishga erishadi va kasbiy musiqa
ijodini boshlovchilaridan
biri sifatida tarixga nomi muhrlanadi. Borbad yaratgan kuylarning
musiqiy ohanglari saqlanib qolinmagan, lekin ularning nomlari turli
manbalarda turlicha tarkibda keltiriladi.
Manbalarda qo‘shiqlarning «Yazdan ofrid», «Ganji bod ovar»,
«Bog‘i Shahriyor», «Nimro‘z», «Sabr dar sabz», «Kini Eraj»,
«Kini Siyavush», «Xaft ganj», «Rohi Shabdiz», «Bog‘i Shirin»
kabi nomlari bilan birga muayyan yo‘nalishga xos qo‘shiqlar
ham saqlanib qolgan. Jumladan: Navro‘z marosimi bilan bog‘liq
qo‘shiqlar – «Bodi Navro‘z», «Nozi Navro‘z», «Sozi Navro‘z»,
«Navro‘zi Xurdak»; xalq qahramoni Siyovushga bag‘ishlangan
qo‘shiqlar – «Bog‘i Siyovush», «Kini Siyovush», «Siyovushon» va
boshqalar.
1
Firdavsiy. Shohnoma. 3-kitob. – T., 1977. 558–564-betlar.
2
O. Matyoqubov. Og‘zaki an’anadagi professional
musiqa asoslariga
kirish. – T.: «O‘qituvchi», 1983. 6-b.
3
Xusravoniy (xusrav – buyuk, ulug‘ so‘zidan) – ulug‘vor, shohona
asar, ya’ni shaklan yirik asar ma’nosida.
4
Lahn – kuy. Alhon uning ko‘plik shakli (kuylar)dir.
12
Borbad «borbat» cholg‘usini kashf etgan izgar sifatida ham nom
qoldirgan. Borbad O‘rta Sharqda mumtoz musiqa san’atining ilk
professional namoyandasi darajasiga ko‘tarilgan va aynan shu soha
asoschisi sifatida tarixdan o‘rin olgan.
Dostları ilə paylaş: