Mir Ali Akbar Samarqandiy – o‘z davrining musiqa dunyosidagi
noyob iste’dod sohibi bo‘lgan. Undan betakror naqshlar va savtlar,
qavl va korlar davrining betakror musiqiy durdonalari sifatida meros
bo‘ldi.
Hirotlik
Amir Masti Qobuziy – ustoz san’atkor, bir qator
naqshlar bog‘lagan, musiqaning 17 usulida aqlni oluvchi ohanglarni
ijro etgan, tinglovchilar qalblarini eritishga muyassar bo‘lgan ustoz
sozanda. O‘z yurti Hirot, Ustozi Jomiy, Buxoroda esa bir qator so-
zanda va xonandalarga ustozlik qilgan.
Risolada muallif bastakorlar haqida so‘z yuritar ekan,
ularning sozandalik, xonandalikda, usulda va she’riyatda tutgan
o‘rinlari xususida ham tavsiflar berib o‘tadi. Yaratgan musiqiy
asarlarining aniq nomini keltirib, o‘ziga xos izohlar beradi.
Xususan:
Ustod Shodi – iroq maqomida va far usuli asosida 12 ta naqsh
yaratgan bastakor va mohir sozanda (qo‘biz ijrochisi) bo‘lgan.
«Sunbuli» – muhammas usulida, «Mohi Hilol» – zarbi turk usulida,
«Dili shisha» – davri shohi usulida, «Xunxura» – muhammas usulida
shular jumlasidandir.
Ustod Shox Quli G‘ijjakiy – o‘z davrining mohir sozandasi
(g‘ijjakchi), ko‘pgina naqsh va Savtlar ijod etgan bastakor.
Xo‘ja Yusuf Andijoniy – o‘z davrining musiqa bilimdoni,
sozanda va bastakori.
Zarbi Turk usulida navro‘z maqomida savtlar
bog‘lagan.
Ustod Ali Hasob – maqom bilimdoni, bir qator peshravlar va
naqshlar bastakori. «Alijub» va «Naygir» peshravlari tengsiz asarlar
sifatida e’tirof etilgan.
Alijon G‘ijjakiy – xush ovoz sohibi, mohir g‘ijjakchi, bir qator
naqsh va savtlar bastakori.
25
Mavlono Najmiddin Kavkabiy Buxoriy – musiqashunos,
bastakor. Husayni maqomida Zarb ul-Fath, iroq maqomida chorzarb
asarlari mashhur bo‘lgan.