Samarqandik Mavlono Xo‘ja Muhammad ibn Abdulhasan Kavkabiy – Mavlono Kavkabiyning shogirdi, naqsh va savtlar
bastakori.
Hofizbobo Qonuniy – bir qator g‘azal va musiqalar bog‘lagan
bastakor. Segoh ohangida, nimsaqil usulida yaratgan «Savt ul-amal»i
o‘z davri sozandalari orasida mashhur bo‘lgan.
Hofiz Turdi Qonuniy – bir qator kulliyotlar bitgan bastakor.
Mavlono Qosimiy Qonumiy – bir qator savt va naqsh hamda
peshravlar yaratgan zamonasining betakror bastakori. Duyak
usulidagi husayni maqomida ijod etgan «Noz-u G‘amza» peshravi
keng ommalashgan va omadli asarlaridan biridir. Uning «Zarb ul-
Fath» usuli, hijoz ohangida yaratgan «Davri dardi sar» asari ham
bor.
Ustod Sulton Muhammad Tanburiy – bir qator peshrav va
naqshlar bog‘lagan bastakor. Dugoh maqomi asosida yaratgan ikkita
peshravi xalq orasida juda ommalashgan. Biri muhammas usulida,
ikkinchisi dari saqil usulida.
Mavlono Boqi Jarroh – xush ovozli xonanda va bastakor. Davri
Shohi usuli asosidagi rost maqomiga bog‘lagan savti o‘z davri
san’atkorlari orasida mashhur bo‘lgan».
Muallif risolada bastakorlardan tashqari Hoja Navro‘z Hojagiy,
Xoja Mahmud ibn Is’hoq kotib, Hofiz Do‘st Muhammad, Hofiz
Boboyi Qonuniy, Hofiz Turdi Qonuniy, Hofiz Poyanda, Hofiz
Shoh Muhammad Na’matak, Ustod Husayn Rumiy Udiy, Ustod
G‘ijjakiy, Ustod Qurbonali Noyi, Ustod Muhibali Rubobiy, Poyanda
Muhammad, Qosimali Qonuniy, Ahmad G‘ijjakiy, Hofiz Mahmud
Qonuniy, Hofiz Boqijon, Hofiz Vazir, Hoja Mullo Muhammad
Zangboz, Ustod Hasan Nay Nag‘masoz kabi 20 nafarga yaqin
xonanda hamda sozandalar haqida so‘z yuritgan.
26
Darvesh Ali Changiyning musiqiy risolasi o‘zbek musiqasi
tarixini o‘rganishda, tasavvur etishda muhim manba hisoblanadi.