1-MA’RUZA: O’zbek xalq musiqa ijodining nazariy va amaliy tarixiy ahamiyati.
Reja:
O’zbek xalq musiqa ijodining maqsad vazifalari
Fanning ta’limdagi o‘rni
Fanni o‘qitishda zamоnaviy aхbоrоt va pеdagоgik tехnоlоgiyalar
O’zbek xalq musiqa ijodi fani ixtisoslik fani hisoblanadi. Talabalar o’zbek xalq musiqa va qo’shiqchilik ijodiyoti, an’anaviy musiqa shakllari bilan tarixiy-nazariy va amaliy (amaliy) mashg’ulotlar jarayonida bevosita tanishib oladilar.
Xalq qo’shiqchiligi an’analari va an’anaviy musiqa ijodining yuzaga kelishi, uning turli davrlarda yangilanishi, mazkur jarayonga asos bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy omillarning o’zgarib borishi haqidagi xulosalarga ega bo’ladilar. Qo’lga keltirilgan yutuqlarni tahlil qilish fanning ijodiy jarayonlar bilan bog’liqligini belgilaydi.
Talabalarning mazkur fanni o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish muhim ahamiyatga egadir.
Fanni o’zlashtirishda
darslik
o’quv va uslubiy qo’llanmalar
ma’ruza matnlari
tarqatma materiallar
elektron materiallar
sintezatorlar hamda musiqiy kompyuter dasturlaridan foydalaniladi
O’zbek xalqining o’q ildizlari qadim-qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi bizning hozirgi kunlarimizda ham yangramokda. U o’zining xalq ijodi (ya’ni, folklor) hamda kuy tuzilishi jihatidan rivojlangan ashula va cholg’u asarlari – dostonlar va maqom musiqasini birlashtiradi. Qahramonlik hamda qahramonona – lirik mazmundagi epik asarlar–dostonlar ham muhim o’rin egallaydi. O’zbek cholg’u asboblari hamda musiqa amaliyoti va ijrochiligi uslublari bilan bog’liq bo’lgan cholg’u musiqa janrdari ham g’oyat rang-barangligi va boyligi bilan xarakterlanadi.
O’zbek musiqa folklori xar qanday xalq ijodi kabi mehatkashlarning orzu-umidlari, ularning turmushi va axloqi, sotsial va milliy ozodlik uchun kurashning ifodasi sifatida gavdalanadi. O’zbek xalq musiqasining mavzu jihatdan serqirraligi, janrlarga boyligi va hayotda tutgan o’rnining xilma-xilligi ham ana shu bilan bog’liqdir.
O’zbek qo’shiq-ashulalari va cholg’u musiqasi janrlari o’z funktsiyasi va turmushda tutgan o’rniga muvofiq ikki guruhni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |