1-ma’ruza: O’zbek xalq musiqa ijodining nazariy va amaliy tarixiy ahamiyati. Reja



Yüklə 76 Kb.
səhifə7/9
tarix20.11.2023
ölçüsü76 Kb.
#166596
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-ma\'ruza

«Turey-turey» qo’shiqlari. Bu qo’shiqlar qo’ylarni sog’ish va qo’zilarni emizishda aytiladi. Shuning uchun ham «Turey-turey» qo’shiqlarida ham ona sovliqni madh etish, uni iydirish uchun aytiladigan erkalash ohanglari yetakchilik qiladi.

Esli molim-oqilim, turey-turey,


Elkamdagi kokilim, turey-turey.
Shuncha molning ichida, turey-turey,
Bog’da ochilgan gulim, turey-turey.

Qo’ylarning hid sezuvchi organlari taraqqiy etgan bo’lib, yangi tug’ilgan qo’zilarga boshqa hayvonning hidi urib qolsa, ona qo’y o’z bolasini emizmay qo’yadi. Shunda sog’uvchi «agar bolangni olmasang, seni bozorga chikarib sotaman», deb sovliqqa do’q-po’pisa qiladi:


Qo’y ichida qorasan, turey-turey,


Aqllisan—donasan, turey-turey.
Agar bolang olmasang, turey-turey,
Bozorlarga borasan, turey-turey.


«Churey» qo’shiqlari. Sog’im qo’shiqlarining bu turi echkilarni sog’ish yoki uloqlarni emizish paytida aytiladi. Churey qo’shiqlarida uloq, yoxud echkining xarakteri, biror belgisi, ko’pincha soqoli, shoxi yoki qashqasi aytilib, ularning tashki qiyofasi tasvirlanadi:
Shoxlaring bor bir minora, churey-churey,
Minoraga qushlar qo’nara, churey-churey,
Bolang olib iskasang-a, churey-churey,
Olgan shu echkim yaxshi echki, churey.


Cog’ish paytida echki qarshilik qilmay tek turib bersa, sog’uvchi uni maqtab, erkalab, ba’zan yengil xazil bilan tegajoqlik qilib qo’shiq kuylaydi:

Tikraygan kulog’i bor, churey-churey,


Chashmadek bulog’i bor, churey-churey.
Ichida egiz ulog’i bor, churey-churey,
Olgan shu echkim yaxshi echki, churey.

Umuman sog’im qo’shiqlari san’ati kishiga o’z ichki dardlarini, ruhiy holatlarini, alam-iztiroblarini bayon kilishning muhim vositasi sifatida katta ahamiyat kasb etadi.





Yüklə 76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin