Mustaqillik va madaniy taraqqiyot Reja



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix24.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#101876
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MUSTAQILLIK VA MADANIY TARAQQIYOT (1)




Mustaqillik va madaniy taraqqiyot  
Reja: 
1. Mustaqillik yillarida ma’naviy meros, milliy va diniy qadriyatlarning 
tiklanishi. 
2. Mustaqillik yillarida ta’lim, adabiyot, me’morchilik, amaliy san’at va kino 
ravnaqi. 
3. Mustaqillik yillarida teatr, sirk, musiqa va qo‘shiqchilik san’ati, muzey va 
sport taraqqiyotidagi o‘zgarishlar. 
Tayanch tushunchalar; Ma’naviy meros. Milliy qadriyatlar. Diniy 
qadriyatlar. Ta’lim. Badiiy adabiyot. Me’morchilik. Amaliy san’at. Kino. Teatr. 
Sirk. Musiqa. Qo‘shiqchilik san’ati. Muzey. Sport. 
Milliy istiqlol davrida ma’naviy meros, milliy va diniy qadriyatlarning 
tiklanishi va rivojlanishi 
Jamiyat ma’naviyati mamlakat taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. 
Shu narsa haqiqatki, bironbir mamlakat o‘z ma’naviy imkoniyatlariga tayanmay, 
odamlar ongi, tafakkurida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, 
xalqning milliy ruhini uyg‘otmay turib, yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila 
olmaydi. Ma’naviyat insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, uning 
ichki olamini boyitadigan, iymonirodasi, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini 
uyg‘otadigan qudratli kuchdir. 
Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga 
duchor bo‘lgan, qaramlik va zulm ostida qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy 
ma’naviy merosi, urfodatlari qadrsizlanishga mahkum bo‘lgan. Ayniqsa, chor 
mustamlakachiligi va sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urfodatlarimiz 
oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab 
masjidmadrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. 
O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan boshlaboq 
mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat 
ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Jamiyat 
ma’naviyatini 
tiklash 
va 
yuksaltirishni 
ta’minlovchi 
ma’naviyma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi. 
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz ma’naviy merosini 
tiklash ishlari boshlanib ketdi.
Xo‘sh, ma’naviy merosning o‘zi nima, uning tiklanishi nimalarda namoyon 
bo‘lmoqda? 
Ma’naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, otabobolarimizdan 
bizgacha yetib kelgan ma’naviy boyliklar – siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, 
axloqodob me’yorlari, ilmfan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuyidir. 
Ma’naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo‘l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u 
jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va 
o‘sha davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat o‘zgarishi bilan yo‘qolib ketmaydi, keyingi 
avlodlar uchun meros bo‘lib qoladi. Har bir avlod ma’naviyatni yangidan 



yaratmaydi, balki mavjud ma’naviy merosga tayanadi. Biroq uni qanday bo‘lsa 
shundayligicha, ko‘rko‘rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, 
adolat nuqtayi nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi. 
Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga 
bebaho hissa qo‘shgan buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan 
o‘rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo‘la boshladi. 
Mustaqillik yillarida xalqimiz ma’naviyati yulduzlari bo‘lgan buyuk 
allomalarimizning tavallud topgan tarixiy sanalari YUNESKO bilan hamkorlikda 
mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi: 

1991yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi; 

1992yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi; 

1993yil – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi; 

1994yil – Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi; 

1996yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi; 

1997yil – Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi; 

1998yil – Ahmad alFarg‘oniy tavalludining 1200 yilligi; 

1999yil – «Alpomish» dostoni yaratilganining 1000 yilligi; 

2000yil – Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi; 

2000yil – Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi; 

2001yil – «Avesto» yaratilganligining 2700 yilligi. 
Buyuk allomalarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o‘nlab noyob asarlari 
turli tillarda nashr etildi, ularga atab haykallar o‘rnatildi, ziyoratgohlar, bog‘lar yaratildi. 
1991-yilda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng 
nishonlandi. Shu yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher 
Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Yubiley 
yilida «Lison uttayr», «Sab’ai sayyor», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», 
«Hayratul Abror» asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991yil 
28sentabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Alisher Navoiy haykali va Navoiy 
nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 
1994-yil oktabr oyida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yillik yubileyi 
o‘tkazildi. Ulug‘bek madrasasi, Ulug‘bek yashagan davrdagi astronomik asboblar, 
Toshkentdagi Ulug‘bek haykali aks etgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. O‘sha 
yil 24-oktabrda Parijda YUNESKO zalida «Ulug‘bek va Temuriylar davri» mavzusida 
Xalqaro konferensiya hamda «Ulug‘bek va an’anaviy san’at» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 
Bu tadbirlar Mirzo Ulug‘bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga molik 
ekanligini yana bir bor isbot etdi. 
1998yil 23oktabrda Farg‘onada buyuk alloma Ahmad alFarg‘oniyning 1200 
yillik yubileyi nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. 
Farg‘ona shahrida alFarg‘oniy bog‘i yaratildi va buyuk allomaga haykal o‘rnatildi. 
Tarixiy xotiraning tiklanishi. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda tarixiy 
xotira, ajdodlar tarixini bilish, milliy axloqiy qadriyat hamda an’analar va muqaddas 
dinimizning o‘rni va ahamiyati katta. Bironbir xalq o‘z tarixini bilmay, asrlar osha 
yaratilgan ma’naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o‘z kelajagini 
tasavvur eta olmaydi. Shu bois mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz 



tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o‘quv maskanlarida Vatan tarixini 
o‘qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi. 1996-yilda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida 
«O‘zbekistonning yangi tarixi markazi» tashkil etildi. 
O‘zbek xalqi va o‘zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini 
xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari ,birinchi Prezident I.A. Karimovning bir guruh 
tarixchilar bilan 1998-yil iyun oyida bo‘lgan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 
1998-yil 27-iyulda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 
tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorida belgilab berildi. 
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o‘rganish masalalari 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin