4
1994yil 23 apreldagi Prezident farmoni asosida tashkil etilgan Respublika
«Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi o‘zbek xalqining ma’naviymadaniy
merosini tiklash, millat kelajagini belgilaydigan g‘oyalarni yuzaga chiqarish, yuksak
iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliyijodiy salohiyatini Vatan ravnaqi sari
yo‘naltirishga qaratilgan muhim tadbirlar, ko‘rgazmalar tashkil etishni yo‘lga qo‘ydi.
Markaz tomonidan aholi orasida o‘tkazilgan
sotsiologik tadqiqotlar, so‘rovlar va shu
asosda ishlab chiqilgan tavsiyalar jamoat birlashmalari, ilmiyijodiy muassasa va
tashkilotlar, ommaviyaxborot vositalarining ma’naviytarbiyaviy faoliyati saviyasini
yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
1996-yil yanvarda Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi
huzurida «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi tuzildi. 1996-yil 27sentabrda
Respublika Vazirlar Mahkamasining «Oltin meros» xayriya jamg‘armasini
qo‘llabquvvatlash to‘g‘risida»gi qaroriga binoan mazkur jamg‘arma
davlat tomonidan
moddiy jihatdan qo‘llabquvvatlandi.
«Oltin meros» xayriya jamg‘armasi «Xalq merosi durdonalari» ilmiy
anjumanlarini, xorijdan izlab topilgan qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq
hunarmandchiligi amaliy san’at namunalari,
yodgorliklarini tahlil qilish, ko‘rik
tanlovlar o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda. 1996-2002 yillarda «Oltin meros»
jamg‘armasi
sa’yharakatlari
natijasida
buyuk
allomalarimizning
ko‘plab
madaniyma’naviy meros namunalari mamlakatimizdan va xorijiy davlatlardan izlab
topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi. Shuningdek, u
xalqimizning rasmrusumlarini, urfodatlarini, marosimlarini o‘rganish, tiklash,
xalqimizga
qaytarish, ularning ma’nomohiyatini, hozirgi kundagi ahamiyatini keng
ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo‘shmoqda.
Dostları ilə paylaş: