Mustaqillik va madaniy taraqqiyot Reja



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix24.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#101876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MUSTAQILLIK VA MADANIY TARAQQIYOT (1)

Kino san’ati. Mustaqillik yillarida kino san’ati rivoj topdi. 1996-yilda 
«O‘zbekfilm» tasarrufida 8 ta kinostudiya, 30 ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar 
faoliyat yuritdi. 1996-yilda tashkil etilgan «O‘zbekkino» davlat aksionerlik 
kompaniyasi, uning davlat tomonidan moddiy jihatdan qo‘llabquvvatlanishi kino 
san’atining rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1991-2002yillarda 60 ga yaqin 
badiiy filmlar yaratildi. «Temir xotin», «Dallol», «Sharif va Ma’rif», «Tilla bola», 
«Buyuk Amir Temur», «Yulduzingni ber, osmon», «Kenja singil» va boshqa filmlarda 
milliylik va zamonaviylik uyg‘unligi yaqqol namoyon bo‘ldi. 1997yil 2229may 
kunlari XII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo‘lib o‘tdi. Unda 32 ta davlat va 8 ta 
xalqaro tashkilotdan vakillar, kino san’ati ustalari qatnashdi. «Buyuk Amir Temur» 
filmi ijodkori R.Ibrohimovga festival bosh sovrini – «Neksiya» avtomobili berildi. 
Mustaqillik yillarida o‘nlab hujjatli filmlar yaratildi. «O‘zbekiston bahorlari», 
«Ulkan odim», «Ular Germaniyada o‘qigan edilar», «O‘zbekiston qahramonlari», «Umid 
qaldirg‘ochi», «Istiqlol fidoyilari» va boshqalar shular jumlasidandir. 
Teatr, sirk, musiqa, qo‘shiqchilik san’ati, muzey va sport taraqqiyoti 
Teatr. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ma’naviyma’rifiy 
islohotlar jarayonida teatr san’ati ham rivojlandi. 
1993-yilda foydalanishga topshirilgan «Turkiston» saroyi Vatanimiz va 
xorijlik teatr arboblarining, ijodiy guruhlarning sahna asarlari namoyish etiladigan 


11 
dargohga aylandi. Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar 
teatri Abbos Bakirov nomli yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi. 
Respublika Prezidentining 1995yil 20oktabrdagi «O‘zbekistonda teatr va 
musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘llabquvvatlash va rag‘batlantirish 
choratadbirlari to‘g‘risida»gi, 1998yil 26martdagi «O‘zbekiston teatr san’atini 
rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmonlari asosida teatrlar davlat budjeti hisobiga 
qo‘llabquvvatlandi. Farmonga binoan Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr 
ijodiy xodimlari uyushmasi qoshida 1998-yilda «O‘zbekteatr» ijodiyishlab chiqarish 
birlashmasi tashkil etildi. Birlashma teatr jamoalariga xalqimizning boy ma’naviy 
olamini, uning madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini 
uyg‘otuvchi spektakllar yaratishda, iste’dodli yoshlarni teatrga jalb qilishda, 
teatrlarning moddiytexnikaviy bazasini mustahkamlashda, ijodiy xodimlarni 
ijtimoiy himoya qilishda ko‘maklashdi. Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta 
opera va balet teatri Yaponiya tomonidan 1995-yilda bepul ajratilgan 47 mln. yen (1500 
ming AQSH dollari) qiymatiga teng yangi uskunalar bilan jihozlandi. 
Respublikamizda 36 ta professional teatr faoliyat ko‘rsatmoqda. Har bir viloyatda 
qo‘g‘irchoq teatrlari bolalarga xizmat qilyapti. 
2001-yilda respublika teatr san’atida muhim tarixiy voqea sodir bo‘ldi. Hamza 
nomidagi O‘zbek akademik drama teatri binosi muhtasham koshona shaklida qayta 
qurildi, zamonaviy teatr uskunalari va mebellar bilan jihozlandi. Prezident farmoni bilan 
unga Milliy teatr maqomi berildi. 
Respublika teatrlari Vatan tarixini sahna asarlari orqali yoritishga alohida e’tibor 
berdilar. Milliy akademik drama teatri va Qashqadaryo musiqali drama teatri jamoalari 
«Sohibqiron», Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri «Jaloliddin 
Manguberdi», Abror Hidoyatov nomli o‘zbek davlat teatri «Buyuk ipak yo‘li» kabi 
tarixiy dramalarni sahnaga qo‘ydi. 
1997-yil oktabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Teatr: SharqG‘arb» xalqaro 
festivalda Yaponiya, Hindiston, Gonkong, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya teatr 
san’atkorlarining chiqishlari bo‘ldi. Amir Temur tavalludining 660 yilligiga 
bag‘ishlangan festivalda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston teatrlarining 15 ta 
eng yaxshi tarixiy sahna asarlari namoyish etildi. O‘zbekiston teatr ustalari Germaniya, 
Fransiya, Slovakiya, Hindiston, AQSh, Belgiya, Misr, Rossiya teatr festivallarida 
qiziqarli spektakllar bilan ishtirok etdilar. 
Muxtasar aytganda, respublikamiz teatr san’ati xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz 
ma’naviyatini boyitish, ular ongiga Milliy istiqlol g‘oyasini singdira borish, 
vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish, axloqiy, estetik tarbiya maktabi bo‘lib xizmat 
qilmoqda. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin