MAVZU: AKSIONERLIK JAMIYATLARI VA ULARNING IQTISODIY TARAQQIYOTDAGI O’RNI.
MUNDARIJA: KIRISH I BOB AKSIYADORLIK KORXONASINING IQTISODIYOTDAGI O`RNI 1.1Aksionerlik jamiyatlarining korporativ boshqaruvining nazariy asoslari
1.2Aksionerlik jamiyatlarida korporativ munosabatlarni tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari
II BOB AKSIYADORLIK JAMIYATLARINI MODERNIZATSIYALASH VA IQTISODIYOTNI DIVERSIFIKATSIYALASHDA KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMINI TATBIQ ETISH 2.1Aksionerlik jamiyatlarining korporativ siyosatini samarali amalga oshirish usullari
2.2Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish istiqbolla
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI Kirish Jahon amaliyotida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish boʼyicha maqsadli ilmiy izlanishlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy qilish, korporativ munosabatlarning investorlar uchun ochiqlini taʼminlash hamda korxonalar rivojlanish strategiyasini aniqlash va ular faoliyati samaradorligini baholash boʼyicha ishlar amalga oshirilmoqda. Shularni hisobga olganda mamlakatimizda korporativ boshqaruv tizimi va uning organlari funktsiya va vazifalari, shuningdek, korporativ boshqaruv samaradorligini baholashning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida barcha sohalarda tuzilmaviy islohotlar amalga oshirilishi natijasida aktsiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. 2017 yil 2 noyabrь holatiga respublikamizda 614 ta aktsiyadorlik jamiyati faoliyat yuritayotgan boʼlib, ularning 4344003,7 mln. dona aktsiyasiga joylashtirilgan ustav fondi 47,4 trln. soʼmni tashkil etadi . Аyni paytda respublika iqtisodiyoti korporativ sektorining maʼlum darajada oʼsishiga qaramay, korporativ boshqaruv tizimi samaradorligi zamonaviy talablardan ortda qolmoqda. 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasida «korporativ boshqaruvning zamonaviy xalqaro standartlari va usullarini tatbiq etish, korxonalarni strategik boshqarishda aktsiyadorlarning rolini oshirish»1 boʼyicha ustuvor vazifalar belgilab berildi. Ushbu vazifalarni samarali hal etish uchun, avvalo, aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv samaradorligini baholash usullarini takomillashtirish taqozo etiladi.
O`zbekiston Respublikasida aksiyadorlik jamiyatlarida samarali boshqarish tizimini tashkil etishda korporativ boshqaruvni takomillashtrish yo`llari, va korporativ boshqaruv standartlarini kiritishda rag`batlantirish masalalariga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarkibiy o`zgarishlar va yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalarni yanada rivojlantirish dasturidagi vazifalaridan kelib chiqqan holda aksiyadorlik jamiyatlariga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, investitsiyalarni jalb etish, innovatsion jarayonlarni rivojlantirish korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish zarurligini ko`rsatmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida»gi hamda 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli «Аktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi farmonlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi PQ-2454-sonli «Аktsiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi va mazkur sohaga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.