5
2000-yil 16-17noyabr kunlari Marg‘ilonda islom
huquqining asoschilaridan
biri Burxoniddin alMarg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, Samarqandda Imom Abu
Mansur al-Moturudiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi va ular xotirasiga bag‘ishlab
barpo etilgan yodgorlik majmualari ochildi. Burhoniddin al-Marg‘inoniyning islom
huquqiga bag‘ishlangan «Hidoya» kitobi nashr etildi. Shuningdek, islom olamining
taniqli allomalari Imom Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi,
Mahmud
azZamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Xoja Ahror Valiy
tavalludining 600 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi.
O‘zbekiston
Prezidentining
1992-yil
27-martdagi
farmoni
bilan
Ro‘zaRamazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e’lon qilindi. Respublika
musulmonlarining istak va xohishlariga ko‘ra Qurbon hayiti ham tiklandi, dam olish,
bayram kuni bo‘lib qoldi. O‘zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita
hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega
bo‘ldilar. Mustaqillik yillarida 40 ming o‘zbekistonliklar Makka va Madinada Haj
safarida bo‘ldi. Yuzlab masjidlar musulmonlarga qaytarildi, yangilari barpo etildi.
Hozir «Islom nuri» gazetasi chiqmoqda. Qur’oni Karim 8 marta 1 mln. nusxada nashr
etildi. Bu tadbirlar nafaqat dindorlar uchun qilingan marhamat bo‘lib qolmay, ular aslida
xalqimizning qadimiy rasmrusum va udumlari, qadriyatlarining tiklanishi, ajdodlar
ruhining qayta uyg‘onishidir.
Prezidentning 1992-yil 7-martdagi farmoni bilan Islom dini va uning ma’naviy
imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida
din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Uning tasarrufida islom instituti va 10 ta
madrasa faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1000 dan ortiq talabayoshlar ta’lim olmoqdalar.
1999-yilda tashkil etilgan Toshkent Islom universitetida 750 talaba o‘qimoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va 1998-yil 30-aprelda yangi tahrirda
qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi
qonunda
davlatning din va dindorlar vakillariga munosabati huquqiy jihatdan aniq belgilab
berildi.
Dostları ilə paylaş: