Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Siz Jamiyat ma’naviyati deganda nimalarni tushunasiz?
2. Ma’naviy meros nima?
3. Nima sababdan mamlakatimizda ma’naviy
merosni tiklash,
jamiyat
ma’naviyatini yuksaltirish ustuvor vazifa etib belgilandi?
4. Xalqimiz ma’naviyati yulduzlaridan kimlarning tavallud sanalari nishonlandi?
5. Tarixiy xotirani tiklash deganda siz nimalarni tushunasiz?
6. Qadimiy shaharlarimiz yubileylari haqida nimalarni bilasiz?
7. «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuining barpo etilishi haqida so‘zlab
bering.
8. «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyida nimalar o‘z aksini topgan?
16
9. Milliy qadriyatlar nima? Ularning tiklanishi haqida so‘zlab bering.
10. «Oltin meros» Xalqaro xayriya jamg‘armasi qachon tashkil etildi?
Uning
faoliyati haqida so‘zlab bering.
11. Diniy qadriyatlarni tiklash yo‘lida qanday ishlar amalga oshirildi?
12. O‘zbek tili mavqeyining mustahkamlanishi to‘g‘risida nimalar deya olasiz?
13. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari nimalardan iborat?
14. O‘zbekistonda ta’lim qanday turlarda amalga oshirilmoqda?
15. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi nima?
16. Birinchi bosqichda ta’lim tizimida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?
17. «Umid» jamg‘armasi qachon va qanday maqsadda tuzilgan?
18. Ta’lim muassasalarining xalqaro hamkorligi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
19. Teatr san’ati rivoji haqida nimalarni bilasiz?
20. O‘zbek sirki haqida so‘zlab bering.
21. Milliy musiqa va qo‘shiqchiligimizning o‘sishi haqida qanday fikrdasiz?
22. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda qanday yangi muzeylar tashkil etildi?
23. O‘zbekiston sportini rivojlantirish yo‘lida qanday tadbirlar amalga oshirildi