Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan
dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy
qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 31modda
Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida din, eng avvalo, islom dinining
ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatidagi mavqeyi tiklandi, diniy
ulamolarning qadrqimmati o‘z joyiga qo‘yildi.
O‘zbek tili mavqeyining mustahkamlanishi. Mamlakatimizda o‘zbek
tilining xalq va davlat turmushidagi asosiy ahamiyati va o‘rni qayta tiklandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasi 1995-yil 21- dekabrda yangi
tahrirdagi «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o‘zbek tili
o‘zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo‘llanilishi va
6
muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo‘yildi. O‘zbekistonda Oliy
davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining faoliyati,
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisobkitobi, statistika va moliya ishlari
o‘zbek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma’muriyhududiy birliklari, maydonlari,
ko‘chalari, geografik o‘rinlarning nomlariga yagona milliy shakl berildi va o‘zbek
tilida yozib qo‘yildi. Natijada o‘zbek xalqining milliy qadrqimmati, mustaqil
davlatimizning mavqeyi qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek,
O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlarning tillari, qadrqimmati o‘z
o‘rnini topdi.
Mustaqillik yillarida ta’lim, badiiy adabiyot, me’morchilik, amaliy
san’at, kino va televideniye san’atlari ravnaqi
Ta’lim ravnaqi. Maorif va madaniyat barkamol insonni shakllantirishning
eng muhim vositasidir. Shu boisdan ham mustaqil O‘zbekistonda maorif va
madaniyat ishlarini eng muhim va dolzarb soha sifatida rivojlantirishga alohida
e’tibor berildi.
1992-yil 2-iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim
to‘g‘risida»gi qonuni hamda 1991-1996yillarda e’lon qilingan 30 dan ziyod Prezident
farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ta’lim sohasida qator
o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Maktabgacha ta’lim tizimida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog‘chalari
hamda «bolalar bog‘chasimaktab» majmuyi tarmog‘i rivojlandi. Bolalarga chet
tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligi asoslarini
o‘rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi.
«Sog‘lom avlod uchun», «Iqtisodiy ta’lim», «Qishloq maktabi», «Rivojlanishda
nuqsoni bo‘lgan bolalarni tiklash» va boshqa tarmoq dasturlari ishlab chiqildi hamda
ta’lim jarayoniga tadbiq etila bordi.
Oliy ta’lim sohasida ham ko‘plab yangi o‘quv yurtlari ochildi. 1992 yil
28fevraldagi Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari
universitetlarga aylantirildi. Eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha yangi
oliy o‘quv yurtlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va
jamiyat qurilishi akademiyasi, Qurolli kuchlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi
akademiyasi, Bankmoliya akademiyasi, Toshkent Moliya instituti, Navoiy konchilik
instituti, Samarqand davlat chet tillari instituti, Andijon iqtisodiyot va boshqaruv
instituti, Jizzax politexnika instituti, Qarshi agrariqtisodiyot instituti, Navoiy davlat
pedagogika instituti, Namangan muhandislikiqtisodiyot instituti hamda viloyatlarda
yirik universitetlarning filiallari tashkil etildi. 1997-yil boshlarida Respublika Oliy
ta’lim tizimida 58 ta oliy o‘quv yurti, shu jumladan 16 ta universitet va 42 ta institut
faoliyat ko‘rsatdi. Ularda 164 ming talaba o‘qidi, 18,5 ming professoro‘qituvchi
faoliyat ko‘rsatdi.
Abiturientlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida
baholashning ilg‘or usullari joriy etildi.
Iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ularning chet elda
o‘qishini qo‘llabquvvatlash maqsadida «Ulug‘bek», «Umid», Respublika bolalar
fondi, «Kamolot», «Sog‘lom avlod uchun», «Iste’dod» jamg‘armalari tashkil etildi.
7
Ta’lim tizimida bir qator choratadbirlar amalga oshirilsada, hali bu sohada
jiddiy kamchiliklar mavjud edi.
Xususan, ta’lim tizimi, kadrlar tayyorlash jamiyatda bo‘layotgan demokratik
o‘zgarishlar, bozor islohotlari talablari bilan bog‘lanmagan edi. O‘quv jarayonining
moddiy texnika va axborot bazasi qoniqarsiz ahvolda edi. Ta’lim muassasalarida
zamonaviy o‘quv adabiyotlari va didaktik materiallar yetishmasdi. Yuqori malakali
pedagoglar yetishmasdi. Maktab o‘quvchilarida mustaqil fikr shakllantirilmayotgan edi.
Ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida hamkorlik, integratsiya
o‘rnatilmagandi. Kadrlar tayyorlashda marketing mavjud emasdi. Amaldagi ta’lim
tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan davlatlar darajasidan ancha orqada edi. Shu
boisdan ta’lim tizimini tubdan isloh qilish masalasi ko‘ndalang bo‘lib qoldi.
1997yil 29avgust kuni Oliy Majlisning IX sessiyasida O‘zbekiston
Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi yangi qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi» qabul qilindi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish,
uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish,
rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi
yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir.
Milliy dasturda, hayotimizning barcha sohalarida bosqichmabosqich amalga
oshirilayotgan islohotlarga monand ravishda, ta’lim islohotlarini uch bosqichda
amalga oshirish nazarda tutilgan.
Birinchi bosqich (1997-2001yillar) da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining
ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish
uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiyuslubiy, moliyaviymoddiy shartsharoitlar yaratish
vazifalari ro‘yobga chiqariladi.
Ikkinchi bosqich (2001-2005yillar) da Milliy dastur to‘liq ro‘yobga chiqadi,
mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiyiqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda
unga aniqliklar kiritiladi.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) da to‘plangan tajribani tahlil
etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga
muvofiq kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi va rivojlantiriladi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umumxalq,
umummillat ishiga aylandi. 2001-yilda Milliy dasturni ro‘yobga chiqarishning birinchi
bosqichi yakunlandi.
Islohotlarga mos ravishda maktabgacha ta’lim faoliyati tubdan o‘zgardi.
Xususiy va xonadon bog‘chalar tarmog‘i kengaydi. Respublika bo‘yicha 84 foiz
maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash maktabgacha ta’lim
muassasalarida, xo‘jalik hisobidagi qisqa muddatli guruhlarda, maktablar qoshidagi
tayyorlov guruhlari, savodxonlik va boshqa turdagi markazlarda amalga oshirilmoqda.
16
foizi
esa
oilalarda
maktabga
tayyorlanmoqda.
20012002yillarda
Respublikamizda 6742 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatdi, ularda
608500 nafar o‘g‘ilqizlar tarbiyalandi, 65862 nafar pedagog, tarbiyachi va boshqa
xodimlar faoliyat ko‘rsatdi.
8
O‘zbekiston hukumati ta’limni rivojlantirish uchun katta mablag‘ ajratmoqda.
Birgina 2001-yilda ta’lim xarajatlari davlat budjeti sarfxarajatlarining 36 foizini
tashkil etdi. Ta’lim uchun 150 mln. AQSH dollaridan ziyod chet el investitsiyasi
sarflandi. Ular yangi ta’lim binolari barpo etish, ularni eng zamonaviy o‘quvlaboratoriya
uskunalari va o‘quv mebellari bilan jihozlash uchun sarflandi. Mustaqillik yillarida
848398 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 2244 ta yangi umumta’lim maktab binolari
qurilib, foydalanishga topshirildi.
Respublikamizda 9661 umumta’lim maktablarida 6 millionga yaqin o‘quvchi
ta’limtarbiya olmoqda.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining eng muhim O‘zbekistonga xos
xususiyati yangi turdagi 3 yillik o‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi tizimini yaratishdan
iborat vazifa sobitqadamlik bilan amalga oshirilmoqda. Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturining birinchi bosqichi – 19972001yillarda 216 ming o‘quvchi o‘rniga ega
bo‘lgan 44 ta akademik litsey va 291 ta kasbhunar kolleji barpo etildi.
Oliy ta’lim ikki bosqichdan: bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta
tashkil etildi. 1999-yilda Toshkent Islom universiteti tashkil etildi. 20012002o‘quv
yilida 62 ta oliy o‘quv yurtida 180 mingdan ortiq bo‘lajak bakalavrlar va 5 mingdan
ortiq magistrantlar ta’limtarbiya oldilar. 18486 nafar professoro‘qituvchilar mehnat
qildilar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir.
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish,
qo‘llabquvvatlash bo‘yicha davlat siyosati yuritilmoqda. Bu borada xalqaro
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim vazifalardan biridir. 1997-yilda tashkil etilgan
«Umid» jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan 19972001yillarda 785 nafar yigitqiz
rivojlangan davlatlarning oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga yuborildi. Ulardan 519
nafari bitirib keldi va Prezident farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus ishchi guruhi
yo‘llanmasi asosida vazirliklar, idoralar, tashkilot va korxonalarda ishlamoqda. 2002yil
iyulda Toshkentda Xalqaro Vestminster universiteti tashkil etildi va 160 ta dastlabki
talabalar qabul qilindi.
Ta’lim muassasalarining Yevropadagi ta’lim jamg‘armasi, Germaniyadagi
Texnikaviy hamkorlik tashkiloti, Yaponiyadagi JAYKO xalqaro tashkiloti, Koreyaning
KOYKA agentligi, YUNESKO, Jahon banki, TASISTEMPUS ochiq jamiyat instituti,
AQSH, Angliya, Fransiya, Yaponiya, Daniya, Xitoy, Gollandiya Oliy ta’lim vazirliklari
bilan hamkorligi kengayib bormoqda. Ta’lim ravnaqi uchun 150 mln. AQSh dollari
hajmida chet el investitsiyalari jalb etildi. Oliy o‘quv yurtlarining yuzlab
professoro‘qituvchilari «Ustoz» jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan xorijiy oliy o‘quv
yurtlarida malaka oshirib keldilar.
O‘zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Moskvadagi Oliy ta’lim Xalqaro Fanlar akademiyasi prezidenti V.Shukshunov
O‘zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmunmohiyati jihatidan tengi
yo‘q hujjat, deb ta’rifladi. O‘zbekistonda yaratilayotgan ta’lim tizimi «Ta’limning o‘zbek
modeli» deb e’tirof etildi.
Dostları ilə paylaş: |