aqsh pul tizimi va uning o'ziga xos xususiyatlari haqida
AQSH dollari: Ko‘pchilikka ma'lumki AQSH dollari kupyuralarida insonlar tasvirlanadi. Xususan 1 dollarda AQSHning birinchi Prezidenti Jorj Vashington tasvirlangan. Yosh bolalar, odatda, ota-onasidan pul so‘rashganida, birinchi Prezidentni yaxshilab tanish va eslab qolish uchun ko‘pincha 1 dollar berishadi.
Dollar (ing . dollar, nem. "Taler" soʻzidan) — 1) Amerika Qoʻshma Shtatlari pul birligi. 1786-yildan muomalaga (kumush D.) kiritilgan. 1 D. = 100 sent. Xalqaro ifodasi USD. AQSH D. xalqaro hisob-kitoblarda keng qoʻllaniladi. Muomalada 100, 50, 20, 10, 5 va 1 D.li qogʻoz pullar; 1 va 0,5, 0,25 0,1 D.li tangalar va 5, 2, 1 sentli tangalar ishlatiladi. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 694 soʻm 83 tiyin (2002-yil 5 fev.). 2) Avstraliya pul birligi. 1966-yil fevralda Avstraliya funti oʻrniga muomalaga kiritilgan.
AQSh dollari qayerdan chiqadi? Fevral
Amerika dollari - dunyoda eng muhim pul birligi. Shuning uchun uning tashqi ko’rinishi va mukammalligiga e'tibor katta. Bu vazifa 152 yildan beri Amerika banknotasini bosib chiqarayotgan davlat agentligi zimmasida.
AQShning Naqsh va bosma byurosi Texas shtati va poytaxt Vashingtondagi bosmaxonalarida har kuni millionlab Amerika qog’oz pullarini chiqaradi.
Dunyoda boshqa hech bir pul birligi bu qadar ko’p bosilmaydi.
Byuro 1862-yilda Amerika Fuqarolar urushi paytida prezident Avraam Linkoln buyrug’iga ko’ra tuzilgan
Tashkilot rahbari Larri Feliksning aytishicha, Amerika banknotasini boshdan oxirigacha yaratish juda ham mukammal jarayon.
Bir qarashda oddiy qog’ozga siyoh yuritilgandek. To’g’ri, siyoh ham bor. Ammo bu pulni tayyorlashda juda ko’p usul qo’llanadi”,- deydi Feliks.