Mаvzu. Innovatsiyаlar tizimi va innovatsion faoliyаtni davlat tomonidan tartibga solish reja: Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishining asoslari
MАVZU. INNOVATSIYАLAR TIZIMI VA INNOVATSION FAOLIYАTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH REJA: 1. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishining asoslari. 2. Innovatsiyalarni moliyaviy tartibga solinishini amalga oshirish. 3. O’zbekstonda innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solinishining xususiyatlari. Tayanch iboralar: Tashkiliy tartibga solish, moliyaviy tartibga solish, amortizatsion fond, innovatsion siyosat, innovatsion faoliyat, innovatsion muhit.
1. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishining asoslari
Innovatsiyaon faoliyat- bu faoliyatlning o’zida yangi bilimlar, yangi tovarlar,
xizmatlarni ishlab chiqarishning, xodimlarni tayyorlash va boshqalarni birlashtiruvchi
murakkab turidir. SHuning uchun regulyativ (yo’naltiruvchi) innovatsion faoliyat yangi
innovatsion faoliyatning har xil turlari, elementlari, tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqalarni
qo’llab – quvvatlash va rivojlantirish bo’yicha faoliyat innovatsion faoliyatning muhim
turi bo’ladi.
Regulyativ innovatsion faoliyatning yuqori shakli-bu innovatsion siyosatni ishlab
chiqish va o’tkazish, innovatsion faolyaitni boshqarishdir.
Innovatsion loyihalarni boshqarishni borishida innovatsiyalarni yaratish va tarqatish
jarayonlarining tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy me’yoriy-huquqiy tartibga solinishi amalga
oshiriladi. Innovatsion loyihalarni boshqarishga tizimli yondoshish innovatsion faoliyatni
tartibga solishning har xil turlari organik birlashishi, majmuaviyligi, yagonaligi zarurligini
bildiradi.
Innovatsion faoliyatni tartibga solish har xil darajalarda: umuman davlat darajasida,
mintaqaviy darajada, alohida korxona, tashkilot, muassasa darajasida amalga oshiriladi.
Innovatsiyalarni boshqarishga tizimli yondoshish har xil darajalardagi regulyativ
innovatsion faoliyatning yagonaligi, barcha boshqaruv qurollari va qarorlarining yaqindan
o’zaro aloqasi va muvofiqlashganligini ko’zda tutadi.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi innovatsion loyihalarni
boshqarishning asosini tashkil qiladi. Davlat innovatsion faolyaitni tartibga solishning
barcha turlari- tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy, me’yoriy- huquqiyni amalga oshiradi. Bu
tartibga solish innovatsion bashoratlar va strategiyalar bazasida amalga oshiriladi.
Mamlakat sotsial-iqtisodiy rivojlanishining tarkibiy qismi bo’lgan innovatsion
bashoratda innovatsion faoliyatning asosiy parametrlari (uning yo’nalishlari, turlari,
ob’ektlar, oqibatlari va h.k.)ni oldindan ko’rish ishlab chiqiladi. Innovatsion bashoratlarda
bazisli innovatsiyalar o’zlashtirish va tarqatish, yangi ko’p ilm iste’mol qiluvchi
mahsulotlar va texnologiyalardan amalda foydalanishlarning sotsial-iqtisodiy oqibatlar
stsenariyasi quriladi. Innovatsion strategiyalarda innovatsion faoliyatning ustuvor
yo’nalishlari belgilanadi. Innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish
jarayonlarini boshqarish uchun davlat maqsadiy dasturlari (DMD) muhim rolь o’ynaydilar.
Bu dasturlar davlat byudjeti mablag’lari va byudjetdan tashqari mablag’larni ham ilmiy
tadqiqotlar va ishlab chiqarishlarni moliyalashtirish va ham ularning natijalaridan
foydalanish bo’yicha innovatsion faoliyatga jamlaydi. DMD fan va texnikani
rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari, davlat darajasidagi tanqidiy texnologiyalarning
ro’yxati, xalq xo’jaligi yuqori texnologik sohalarni rivojlanishining muhim muammolarini
ajratish asosida yuqori sifatli innovatsion loyihalarning qo’llab-quvvatlashini ta’minlaydi.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishining keyingi darajasi
texnologik rivojlanish dasturlari (TRD)da amalga oshiriladi, ular xalq xo’jaligi sohalarini
rivojlantirish strategiyalari doirasida amalga oshiriladi. Bu dasturlarda innovatsiyalarning
asosiy qismi ularda ishtirok etayotgan korxonalarning shaxsiy mablag’lari va kredit
manbalardan ta’minlanadi, davlatning ishtiroki esa asosan ishlarni muvofiqlashtirish va
tijorat xatarini oshishi bilan bog’liq yoki qandaydir sabablarga ko’ra korxonalar
tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo’lmagan bosqiyalarni qo’llab-quvvatlashdan
iboratdir. Bu holda davlatning TRDdagi ishtiroki asosan kafolatlar va qaytarma
moliyalashtirish shaklida amalga oshiriladi.
Innovatsion loyihalar DMD yoki TRD ga tanlov asosida kiritiladi, unda ishtirok etish
ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Tanlovda ishtirok etayotgan innovatsion loyihalar albatta davlat ilmiy-texnik va ekologik ekspertizasidan o’tishlari kerak, uning predmeti
bularning yangiligi, sotsial-iqtisodiy va ekologik samaradorligidan iboratdir.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi tijoratlashganlikning katta
darajasidagi ayrim innovatsion yuqori samarali loyihalarni qo’llab-quvvatlanishi shaklida
namoyon bo’lishi mumkin. SHu narsa juda muhimki, davlat qo’llab-quvvatlashi uchun
innovatsion loyihalarni tanlashning konkursli tizimi muntazam ravishda
takomillashmoqda. E’tibor nisbatan kichik va o’zini o’zi tez qoplaydigan innovatsion
loyihalarning salmog’i oshishiga qaratilmoqda, ular loyihaning innovatsion mahsulotiga
kafolatlangan bozor talabini mavjudligida byudjetdan va korxonalar shaxsiy mablag’lari
hisobidan ustuvor moliyalashtirish sharoitlarida ishlab chiqariladi.
SHunday qilib, innovatsion loyihalarni davlat tomonidan tartibga solinishi davlat va
mintaqaviy innovatsion dasturlarga kritilgan innovatsion loyihalarni hamda ayrim
innovatsion loyihalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash shaklida aks ettirilishi
mumkin.
Innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun davlatni innovatsion
faolyait uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy sharoitlar yaratishi printsipial muhim
bo’ladi.
Innovatsion faolyaitni davlat tomonidan tartibga solinishining innovatsiyalarni
yaratish, o’zlashtirish va tarqatishga ko’maklashuvchi iqtisodiy omillar bozor
munosabatlarini rivojlanishi, tadbirkorlikni faollashishi, vijdonsiz raqobatni yo’nalini
kesish, innovatsilar bozorida talabni o’sishiga ko’maklashuvchi soliq siyosati va narxni
tashkil qilish siyosatini o’tkazish, barcha sub’ektlar tomonidan innovatsion faoliyatni
olib borish uchun foydali soliq sharoitlarini yaratish, ko’p ilm iste’mol qiluvchi loyihalar
lizingini rivojlantirish, xalqaro bozorda mamlakat innovatsion mahsulotini qo’llab-
quvvatlashdan iboratdir.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tashkiliy tartibga solinishi davlat va
mintaqaviy innovatsion dasturlarga kiritilgan innovatsion dasturlash, hamda alohida
ahamiyatga ega innovayion dasturlarni qo’llab-quvvatlashda, balki innovatsion
infratuzilmani rivojlantirishga davlat tomonidan yordam berilishi, innovatsione faolyaitni
xodimlar tomonidan qo’llab-quvvatlanishi, innovatsion faolyaitni amalga oshiruvchi
xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko’maklashishda
namoyon bo’ladi.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan moliyavyi tartibga solinishi innovatsion
faoliyatni moliyalashtirish, innovatsion sohaga davlat resurslarini yo’naltirish, ijtimoiy
rivojlanish uchun muhim, ammo xususiy sarmoyadorlar uchun o’ziga jalb qilmaydigan
innovatsion dasturlar va loyihalarni amalga oshirish uchun to’g’ridan to’g’ri davlat
investitsiyalarini ajratishni ta’minlovchi byudjet siyosatini o’tkazishga asoslangan.
Davlat innovatsion faoliyatini faollashtirish uchun qonunchilik sharoitlarini yaratadi,
uning sub’ektlari o’zaro munosabatlarining huquqiy asoslarini belgilaydi, ularning
huquqlari va manfaatlarining himoyasini, xususan aqliy mulk ob’ektlariga huquqlar kabi
innovatsion faoliyatni rivojlanishi uchun muhimroq huquqlar himoyasini kafolatlaydi.
Qulay innovatsion vaziyatni yaratish, innovatsion faoliyatning ustuvorligini
ta’minlash innovatsiyalarni yaratish va tarqatish jarayonini tartibga solishning muhim
usuli bo’ladi.
Mamlakatning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi ko’proq bog’liq bo’lgan
iqtisoddagi innovatsion vazyait qisman o’tkazilayotgan ITTKIning tuzilishi, hajmi va