xorijiy kredit-moliya muassasalari tomonidan innovatsion faolyait sub’ektlariga
beriladigan innovatsion kreditlar bo’yicha davlat kafolatlari kabi shakllarini ko’zda
tutadi.
Innovatsion faoliyat sub’ektlari byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilish
manbalari, tuzilishi va usullarini mutaqil ravishda belgilaydilar (innovatsion faolyaitni
moliyalashtirishga byudjetdan tashqari mablag’lar davlat va nodavlat mablag’laridan jalb
qilinadilar).
Tashkilotning innovatson faoliyatini nafaqat tashqaridan jalb qilinadigan moliyaviy
mablag’lar hisobiga, balki shaxsiy mablag’lar hisobiga ham olib borish mumkin.
Amortizatsion ajratmalar fondi va ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi tashkilot
innovatsion faoliyatini moliyalashtirishning muhim ichki mablag’lari bo’ladilar.
Amortizatsion ajratmalar fondini ta’riflab turib, ta’kidlash kerakki, amortizatsiya-bu
asosiy fondlar qiymatini mahsulot qiymatiga va materiallar bilan bir qatorda asosiy
ishlab chiqarish omili bo’ladilar. Ular mehnat vositalaridan iborat bo’ladilar,
keyingilardan xo’jalik jarayonida ko’p marta foydalanadilar va bunda ular o’zlarining
buyumli- tabiiy shaklini o’zgartirmaydilar. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini turlar
bo’yicha tasnifi idoralar, inshootlar, uzatuvchi qurilmalar, mashinalar uskunalar (shu
jumladan, kuchlanish va ishchi mashinalar va uskunalar, o’lchov va tartibga solish
asboblari, hisoblash texnikasi), qurollar kabi guruxlarni o’z ichigav oladi.
Asosiy fondlarni harid qilishga sarflangan pul mablag’lari asosiy mablag’lar deb
ataladi. Asosiy va aylanma mablag’lar o’rtasida aniq chegarani o’tkazuvchi ikkita mezonlar
qabul qilingan : xizmat muddati (1 yildan ko’proq)va qiymat (100 MROT dan
ko’proq).Masalan, xizmat muddati 1 yildan ko’proq , ammo qiymati 100 yeng kam ish
haqidan kamroq bo’lgan asbob asosiyga yemas aylanma fondga kiritiladi.
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy fondlarning qiymati qismlar bo’yicha ishlab
chiqarilayotgan mahsulotga ko’chiriladi. Bunda asosiy fondlarning o’zlarining moddiy va
ma’naviy eskirish natijasida narxlar pasayadi (er bundan isisno).Bu eskirishning
amortizatsion ajratmalar ko’rinishidagi qiymati amortizatsion fondda tanlanadi.
Amortizatsion ajratmalarning miqdorlari davlat idoralari tomonidan asosiy mablag’larning
balansli qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi va amortizatsion ajratmalarning me’yorlari deb ataladi. Ko’pgina hollarda bu me’yorlar asosiy fondlar qiymatini ularning
xizmat muddatiga bo’lish yo’li bilan hisoblab chiqiladi.
Innovatsion faoliyatni sarmoyadorlar mablag’lari hisobiga moliyalashtirish kreditli
investitsiyalar, innovatsion faoliyat sub’ektlari tomonidan bosib chiqarilgan qimmatbaho
qog’ozlar (aktsiyalar, obligatsiyalar, veksellar)ga investitsiyalar; pul shaklidagi,