Jondor tuman MMTB tasarrufidagi 22 - umumiy o‘rta ta’lim maktabida «Bilimlar kuni va Mustaqilligimizning 32 yilligi» munosabati bilan
,,Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun'' shiori ostida bayram tadbirini yuqori saviyada o'tkazish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI 4.09.2023 Nurafshon MFY Yig‘ilish raisi: I.Zaripov
Yig‘ilish kotibi : F.Rustamov
Katnashdilar: Barcha pedagog xodimlari
KUN TARTIBIDAGI MASALA. 1. Maktabda “Bilimlar kuni va Mustaqilligimizning 32 yilligi” tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida. Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori I.Zaripov so‘zga chiqib bugungi kunda barcha o‘quv muassasalarida «Bilimlar kuni va Mustaqilligimizning 32 yilligi» tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilganligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Xalqimizning ulkan jasorati va matonati bilan 1991 yil 31 avgustda qo‘lga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi ko‘p ming yillik tariximizdagi hech qachon unutilmaydigan, qadr-qimmati va ahamiyati yillar, asrlar o‘tgani sayin tobora ortib boradigan buyuk tarixiy voqea ekanligini, aynan milliy mustaqillik el-yurtimiz uchun jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallab, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish, shu jumladan, hayotning turli soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratib, erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbai bo‘lib kelayotganligini, ayniqsa, so‘nggi yillarda, dunyodagi davlatlarning o'zaro janggu jadallari va iqtisodiy inqiroz, keskin raqobat, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar tufayli yuzaga kelayotgan murakkab vaziyatda mard va olijanob xalqimizning fidokorona mehhnati bilan yangi O‘zbekistonni barpo etish va uni jahonga tarannum qilish bo‘yicha muhim natijalarni qo‘lga kiritayotganimiz, bu yutuqlar xalqaro jamoatchilik tomonidan e’tirof etilayotgani, eng asosiysi, vatandoshlarimizning onggu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarib, ular islohotlar samarasini kundalik hayotida his qilib yashayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
I.Zaripov so‘zini davom ettirib, O'zbekiston - 2030 strategiyasini amalga oshirish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha’ni va g‘ururini yetakchi o‘ringa olib chiqish ustuvor vazifamizga aylangan hozirgi vaqtda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, davlatimizning hududiy yahlitligi va bo‘linmasligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, millatlararo totuvlik diniy bag'rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga intilish ko‘p millatli xalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib borayotganligini eslatib o‘tdi.
“Bilimlar kuni va mustaqilligimiznini 32 yilligi” tadbirini namunali tarzda o‘tkazish yuzasidan ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.Rustamov so‘zga chiqib, maktabda Mustaqillik bayramini ,,Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun'' shiori ostida yuqori saviyada o‘tkazish maqsadadida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlab o‘tdi;
so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar, xalqimizning hayoti, qalbi va ongida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni ta’sirchan usullarda ifoda etish;
mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiya vakillari o‘rtasida ahillik va totuvlik muhitini yanada kuchaytirish, jamiyatda tinch va osoyishta hayotni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyatini chuqur tahlillar, aniq hayotiy misollar yordamida keng jamoatchilikka yetkazish;
bugungi tinch va erkin hayotni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga, inson qadrini ulug‘lashga da’vat etadigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirish;
aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash, yoshlar, xotin-qizlar, keksa avlod vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga doimiy e’tibor va g‘amho‘rlik ko‘rsatishga qaratilgan islohotlarning ijobiy natijalarini ko‘rsatish;
bayram munosabati bilan faxriylar, keksa avlod vakillari holidan xabar olish, "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari'ga kiritilgan hamda ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularga beg‘araz yordam berish bilan bog‘liq hayriya tadbirlarida ishtirok etish,
ushbu tadbirni o‘tkazish uchun chora-tadbirlar rejasi tuzish, sinf xonalari va tadbir uchun belgilangan joyni bayramona bezash haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.