“Bilimlar kuni va Mustaqilligimizning 32 yilligi”



Yüklə 6,88 Mb.
səhifə2/2
tarix12.09.2023
ölçüsü6,88 Mb.
#142726
1   2
БИРИНЧИ ҚЎНҒИРОҚ 22-мактаб

Yig‘ilish qaror qiladi:

  1. Maktabda “Bilimlar kuni va mustaqilligimiznini 32 yilligi” munosabati bilan bayram tadbirini o‘tkazish bo‘yicha qilingan ma’ruzalar ma’lumot uchun qabul qilinsin;

  2. Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.Rustamov o‘qib eshittirgan ma’ruzalaridagi topshiriqlar ota – onalar va sinf rahbarlari zimmasiga yuklatilsin;

  3. Bilimlar kuni va mustaqilligimiznini 32 yilligi” tadbirini o‘tkazish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilsin,

  4. Bilimlar kuni va mustaqilligimiznini 32 yilligi” tadbirini o‘tkazishda maktab ishchi guruhi tuzilsin;

  5. Bilimlar kuni va mustaqilligimiznini 32 yilligi” tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazilsin;

  6. Yuqoridagi buyruqlarni nazorat qilib borish maktab ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.Rustamov zimmasiga yuklatilsin.

Yig‘ilish kotibi : F.Rustamov
Jondor tuman MMTB tasarrufidagi 22 – umumiy o’rta ta’lim maktabida
,,Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun’’ shiori ostida o’tkazilgan
,,Bilimlar kuni’’ haqida
M A ‘ L U M O T
2023 – yil 4 – sentabr kuni Jondor tuman MMTB tasarrufidagi 22 – umumiy o’rta ta’lim maktabida ,,Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun’’ shiori ostida bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirda Jondor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’I X.Raximov, Jondor tuman Tobagar MFY profilaktika inspektori A.Xoliqov, Jondor tuman FVB xodimi M.Hodiyev 26 nafar ota onalar, 5 nafar faxriy ustozlar, 52 nafar pedagoglar, 522 nafar o’quvchilar qatnashdilar.
Tadbirni maktab direktori I.Zaripov ochib berdi va u o’z so’zida Xalqimizning ulkan jasorati va matonati bilan 1991 - yil 31 - avgustda qo‘lga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi ko‘p ming yillik tariximizdagi hech qachon unutilmaydigan, qadr-qimmati va ahamiyati yillar, asrlar o‘tgani sayin tobora ortib boradigan buyuk tarixiy voqea ekanligini, aynan milliy mustaqillik el-yurtimiz uchun jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallab, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish, shu jumladan, hayotning turli soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratib, erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbai bo‘lib kelayotganligini,ayniqsa, so‘nggi yillarda iqtisodiy inqiroz, keskin raqobat, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar tufayli yuzaga kelgan murakkab vaziyatda mard va olijanob xalqimizning fidokorona mehnati bilan yangi O‘zbekistonni barpo etish va uni jahonga tarannum qilish bo‘yicha muhim natijalarni qo‘lga kiritayotganimiz, bu yutuqaar xalqaro jamoatchilik tomonidan e’tirof etilayotgani, eng asosiysi, vatandoshlarimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarib, ular islohotlar samarasini kundalik hayotida his qilib yashayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so’ng maktabning ,,Yosh bulbulcha’’ ijodkor guruhi tomonidan mustaqilligimizni, vatanimizni ulug’lovchi she’rlar, go’zal raqslar ijro etildi. Shundan so’ng Jondor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’I X.Raximov so’zga chiqib, bu yil maktabni 18 nafar o’quvchilar tamomlab, 11 nafari oily o’quv yurti talabasi bo’lganligini, bunday mehnatlar zamirida maktab o’qituvchilarining xizmatlari beqiyos ekanligini, ustoz va murabbiylarning sharafli, ammo mashaqqatli faoliyatlariga omadlar tiladi.
So’ng 58 nafar 1 – sinf o’quvchilari taklif qilindi va bu o’quvchilarga mehmonlar ishtirokida ,,Prezident sovg’alari’’ tantanali topshirildi.
Bayram so’ngida maktab MMIBDO’ F.Rustamov barcha o’qituvchilarga va o’quvchilarga yangi o'quv yilida omadlar tiladi va birinchi qo’ng’iroq sadolari ostida ,,Mustaqillik dars’’lari barcha sinflarda o’tkazildi.

Maktab direktori I.Zaripov


MMIBDO’: F.Rustamov





Yüklə 6,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin