1. Yetuk mutaxassis bo‘lish sirlari Kasb etikasi va etiket haqida ma’lumot



Yüklə 29,01 Kb.
səhifə1/7
tarix26.05.2022
ölçüsü29,01 Kb.
#59697
  1   2   3   4   5   6   7
10-mavzu; Agrar sohadagi islohatlar. Kasb etikasi


10-mavzu: Ilm sari yo‘l. Agrar sohadagi islohatlar. Kasb etikasi
Reja:
1.Yetuk mutaxassis bo‘lish sirlari
2. Kasb etikasi va etiket haqida ma’lumot
3. Ilmiy maqola yozish tartib qoidalari.
Yetuk mutaxassis
O‘zbek tilshunosligining rivojida Shavkat Raxmatullaevning xizmatlari beqiyos. Olimning tilshunoslik faniga doir bir nechta “O‘zbek tili” darsligi, mashhur “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati” juda katta noyob durdona sifatida xizmat qilib kelmoqda. Olim tilshunoslik tarixi haqida juda katta ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan.
O‘zbek adabiyotshunosligida tanqidchilikning rivojida juda katta qadam tashlagan olim Ozod Sharofiddinovdir. Olim adabiy tanqidchilik maktabini yaratgan. Uning ilmiy rahbarligida 25 dan ortiq nomzodlik ishlari himoya qilingan. O‘zbek adabiyotining rivojiga tengsiz hissa qo‘shgan. O‘zbek adabiyotida ilk bor Oybek, Zulfiya, Abdulla Qahhor kabi fidoiy ijodkorlarning adabiy portretlarini yaratib adabiy portret janrini shakllantirishni boshlab bergan.
Shuningdek, Qoraqalpoq’iston yozuvchilar uyushmasida faoliyat yuritayotgan bir qancha betakror ijod sohiblarining adabiyot maydonida mustahkam qadam qo‘yishlarida xizmatlarini ayamagan shijoatli olimdir.
Islohatlar hayotga
Har qanday inson oz mehnati va iqtidori bilan juda katta muvaffaqiyatlarga erishadi. Masalan hozirgi kunda agrar sohadagi tub burilishlar har birimizdan mehnat va iqtidorimizga yarasha yaratuvchanlik bilan ish olib borishimizni talab qilmoqda. Mamlaratimizda agrar sohani rivojlantirishga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz tomonidan yaqin yillar ichida bir qancha qarorlar qabul qilindi. Ayniqsa Toshkent davlat agrar universitetini yanada rivojlantirish va takomillash boyicha qarorlarning qabul qilinishi universitetimizning yana nufuzini oshirmoqda.
2020 yil 2-oktabrda Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘I Kengesining navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasida berilgan topshiriqlar va majlis bayoni qaroriga muvofiq, 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali negizida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida Qoraqalpoq xalqining atoqli namoyondalari nomidagi davlat stipendiyalari ta’sis etiladi.

Yüklə 29,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin