Iqtidor-kuch, qudrat, qodirlik. Kuch-qudratga molik, qudratli, qodir ma’nolarini anglatadi. Qobiliyat-biror ishga qobillik, yaroqlilik; iste’dod, talant, layoqat. Iqtidor va qobiliyat har bir insonning hayotda yuksak marralarga erishishida katta ahamiyat kasb etadi.
Qobiliyat va iqtidor har bir insonda azaliy bor bo‘lib, uni yuzaga chiqarish o‘ziga bog‘liq, mehnat va izlanish, o‘z kasbiga bo‘lgan mehr va intilish bu xususiyatlarning yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Tariximizda bunday beqiyos iqtidor sohiblari juda ko‘plab topiladi. Ularni barmoq bilan sanab adog‘iga yetolmaymiz. Biz faxr bilan tilga oladigan buyuk zotlar Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshqariy, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Mirzo Ulug‘bek, Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Farobiy, G‘azzoliy, Naqshbandiy, Jaloliddin Manguberdi kabi ilm ahli butun jahon ahlini o‘zlarining buyuk qobiliyatlari va noyob iqtidorlari bilan lol qoldirib kelmoqda. Ularni takror-takror aytishdan, ta’riflashdan charchamaymiz. Bunday kuch-qudrat esa tinimsiz mashaqqatli mehnatlar natijasida yaratiladi.
Mehnat insonni jismoniy va ma’naviy kuch-qudratining mohiyatini ko’proq ifodalasa uning estetik ahamiyati ham shunchalik ko’proq ortadi.
Yuqorida yuritilgan fikrlar zamirida ya’ni insonning shakllanishi va kamol topishida mehnatning ahamiyati juda katta. Shunday ekan mehnat sharoitlari va vositalariga estetik mazmun baxsh etish omilini shaxsni estetik kamol toptirish bilan birga, shaxsning foydali amaliy vazifalarini ham kengroq doirada bajarishga safarbar qiladi. Natijada estetik mazmun mehnat unumdorligini samaradorligini sifatini oshirishning muhim omiliga aylandi.
Insonni ibtidoiy odamdan hozirgi «aqlli odam» qiyofasiga kirish jarayoni, aslida mehnat tufaylidir. Mehnat taqsimotining yuzaga kelishi, mehnat qurollarining rivojlanishi va shunga muvofiq insonni ijtimoiy borliqni, tabiatni o’zlashtirish o’zgartirish faoliyati hamda ijtimoiy ong shakllanib borgan. Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, mehnat erkin va ijodkor mehnatga aylandi. Mehnat maksad emas vositaga, inson esa maqsadga aylandi. Mehnatdagi yaratuvchanlik bunyodkorlik ishlari, voqelikni nafosat va go’zallik qonunlariga ko’ra o’zlashtirish va rivoj toptirish ishlarida o’zlarini namoyon etayapti. Bularni shaharsozlik qurilishlarida, ishlab chiqarishda ayniqsa yangi texnika va texnologiyalarni kirib kelishi mehnat sharoitini estetik jihozlanishiga katta e’tibor beriliyotganligida kuzatamiz.