1. Yetuk mutaxassis bo‘lish sirlari Kasb etikasi va etiket haqida ma’lumot


Tanishish va tanishtirish etiketi



Yüklə 29,01 Kb.
səhifə4/7
tarix26.05.2022
ölçüsü29,01 Kb.
#59697
1   2   3   4   5   6   7
10-mavzu; Agrar sohadagi islohatlar. Kasb etikasi

Tanishish va tanishtirish etiketi. Tanishtirish, odatda, kichik yoshdagilardan boshlanadi, agar vaziyat taqozo etgan hollarda kichiklar o‘zlarini kattalarga tanishtiradilar. Tanishayotgan odam tanishtirilayotgan odamga avval qo‘l uzatishi to‘g‘ri holat. Tanishtirilayotgan paytda xoh erkak, xoh ayol, xoh yosh, xoh keksa kishi bo‘lsin, afbatta, o‘rnidan turishi shart. Bu tanishayotgan odamga nisbatan hurmat belgisidir.
Jamoa orasida xodimni rahbar, mehmondorchilik paytida esa, mehmonni xonadon egasi tanishtiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, tanishuv paytida orada begonalar bo‘lsa, ularni e’tiborsiz qoldirib, eski tanishlar, do‘stlar bilan uzoq ko‘rishib, ularni kuttirib qo‘yish yaxshi emas. Agar tanishishning zarurati kelib qolsa-yu tanishtiradigan odam bo‘lmasa, o‘zingiz bu vakolatni zirnmangizga olishingiz mumkin.
Oila a’zolari tanishtirilayotganda, ularning ismlarini aytib, “rafiqam”, “qizim”, “o‘g‘lim” deb tanishtirganingiz ma’qul. Ota-onalarga esa buning aksi bo‘ladi, ya’ni boshqalar ota-onalarga tanishtiriladi.
Salomlashish etiketi. Salomlashish etiketi qoidalari milliy xususiyatlardan kelib chiqib, turli xalqlarda turlicha ko‘rinishlarga ega. Salomlashish, bosh qimirtatish, quchoq ochish, qo‘l berish, qo‘lni ko‘ksiga qo‘yish va hatto o‘pishish orqali amalga oshiriladi Bu jarayon hindlarda kaftlarni juftlab, peshonasining o‘rtasiga tekkizish bilan, afg‘onlarda o‘ng qo‘lni manglayiga tekkizib, ta’zim qilish bilan, o‘zbeklarda qo‘lni ko‘ksiga qo‘yish bilan ko‘rishiladi.
Erkaklar ayollar bilan salomlashar ekanlar, nigohlarini ayolga “yeb qo‘ygudek” qilib tikilishlari kulgili holatlarga olib kelishi mumkin. Agarda bir necha odamlar bo‘Igan xonaga kirib, ulardan biri bilan qo‘l berib ko‘rishdingizmi, endi boshqalar bilan ham qo‘l berib so‘rashishingiz shart. Yo‘qsa, mutanosiblik buzilib, bu ayrim kishilarni sizdan ranjishiga olib keladi.


Suhbatlashish etiketi. Muomala suhbatlashishning eng muhim vositasidir. Bunda ham umume’tirof etgan qoidalar mavjud. Suhbatdoshning gapini bo‘lmasdan eshitish nafaqat hurmat belgisi, balki insonning ziynati hamdir. Suhbatdoshingizni tinglayotganingizda, iloji boricha boshqa narsalarga e’tibor qaratmaslikka harakat qiling, aytayotgan gaplarini tasdiqlash ma’nosida boshingizni silkitish, “darhaqiqat”, “to‘g‘ri”, “men ham qo‘shilaman” kabi ma’qullash ma’nosidagi so‘zlarni aytishni unutmang. Sizga gapirayotgan odamga teskari qarab o‘tirish, gapirayotgan paytda biror narsani o‘qib turish, bir vaqtning o‘zida boshqa kishi bilan gaplashish, hadeb soatga qarayverish, esnash boshqa shu kabi mayda-chuyda harakatlarni qilish suhbatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Suhbatdoshlaringiz ilm ahli bo‘lmasa, bu yerda ilmiy iboralar, ilmiy muammolarga doir mavzulardan chekinib, suhbatni ommabop, barcha tushunadigan mavzular doirasida olib borish maqsadga muvofiq. Faqatgina o‘zini dardini gapirish uchungina suhbatlashadigan odam - yomon suhbatdoshdir.



Yüklə 29,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin