1. Yetuk mutaxassis bo‘lish sirlari Kasb etikasi va etiket haqida ma’lumot



Yüklə 29,01 Kb.
səhifə5/7
tarix26.05.2022
ölçüsü29,01 Kb.
#59697
1   2   3   4   5   6   7
10-mavzu; Agrar sohadagi islohatlar. Kasb etikasi

Salomlashish odobi
Kichik yoshdagilarning katta yoshdagilarga salom berishi odob sanaladi.
Erkaklarning ayollarga birinchi bo‘lib salom berishi hurmat belgisidir.
Xonaga kelgan odam xonada o‘tirganlarning barchasiga salom berishi salomlashish odobining o‘ziga xos shaklidir.
O‘quv binolarida zinadan chiqayotgan kishi zinadan tushayotgan kishiga salom berishi to‘g‘ri sanaladi. Lekin ustozga shogird doimo salom berishi shart.
Yoshi va mansabi teng kishilar bir joyga kelib qolishganida birinchi bo‘lib salom bergan kishi madaniyatli hisoblanadi.
Mehmonga kelgan odam eshikni ochgan mezbonga salom berishi kerak.
Ko‘pchilik oldiga yaqinlashganda kamchilik salom berishi yaxshi xulq namunasidir.
Qo‘l berib so‘rashish qoidalari.
Qo‘l berib salomlashish madaniyatining bir qismi sifatida shakllangan jarayondir. Qo‘l berib so‘rashish, odatda erkaklarga xos hisoblansada, hozirda u barcha yoshdagilar uchun ham birdek amal qilmoqda. Chunki, qo‘l berib so‘rashish orqali insonning kayfiyatini, sog‘ligini, hatto fe’l-atvorini ham bilib olish mumkin. Qo‘l berib salomlashish, asosan, tanishish va tanishtirish marosimida, shartnoma va bitimlar imzolanganda, g‘oliblik va mag‘lublikni tan olganda, minnatdorchilik izhor etganda, tabriklaganda, xayrlashganda qo‘llaniladi. Quyida e’tiboringizga havola qilinadigan tavsiyalar qo‘l berib so‘rashishning odobiga tegishlidir:
1. Sizga uzatilgan qo‘l, albatta, olinishi shart. Muallaq qolgan qo‘l insonning izzat-nafsini yerga urish bilan barobar.
2. Qo‘l berib so‘rashganda sherigingizning qo‘lini qisib qo‘yishni unutmang. Qo‘lni qattiq siqib, ozor yetkazish madaniyatsizlik belgisi sanaladi.
3. Qo‘l berib so‘rashganda munosabatingizni ”Salomatmisiz”, ”Yaxshi yuribsizmi”, ”Ishlaringiz yaxshimi”, ”Uydagilar salomatmi” kabi iliq so‘zlar orqali ifoda qilishga harakat qiling.
4. Qo‘l berib so‘rashish tez va qisqa bo‘lishi lozim. Ayniqsa, ayol kishi bilan so‘rashganda, uning qo‘lini uzoq ushlab turish mumkin emas.
5. Qo‘l berib so‘rashganda ozgina egilib qo‘yishingiz
so‘rashayotgan insonga nisbatan hurmatingizni bildiradi.
Shuni ta’kidlash lozimki, qo‘l berib so‘rashish jarayonidagi ayrim illatlar kishining nafsoniyatiga tegishi mumkin. Bu ayniqsa:

  • Uzatilgan qo‘l muallaq qolganda;

  • qo‘l uzatilganda teskari qarab qo‘l uzatilsa;

  • qo‘l uchida so‘rashishsa;

  • qo‘lni juda qattiq siqib yuborilsa;

  • uzatilgan qo‘lni uzrsiz bilak, tirsak, musht, barmoqlar bilan qabul qilsa.


Yüklə 29,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin