Bioinformatika fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 58,66 Kb.
səhifə1/22
tarix13.04.2023
ölçüsü58,66 Kb.
#97056
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
bioinformatika shppi.


Bioinformatika fanining rivojlanish tarixi.
Bioinformatikaning yaralish tarixi XIII asrlarga borib taqaladi. Matematika tarixiga Fibonachchi (Fibonacci) nomi bilan kirib kelgan yosh italyan Pizalik Leonardo Leonardo of Pisa biologik jarayonning birinchi matematik modelini tuzgan holda quyonlarnig ko‘payishi to‘g‘risidagi masalani tavsiflab bergan.XX asrning 20 yillariga kelib esa yana bir italyan olimi Vito Volterra -Vito Volterra ―yirtqich-o‘lja‖ ko‘rinishidagi ikki biologik turning o‘zaro harakati modelini yaratdi. 40 yillar oxirida biologiyaga fizik va matematiklar kiribkela boshladi. Biologiyaning zamonaviy tarixi 1953 yildan, Amerika olimlari Jeyms Uotson hamda Frensis Krik tomonidan DNK ning qo‘sh spiralligi kashf qilingan davrdan boshlandi 1933 yil - A.Tizelius eritmadagi oqsil aralashmalarini elektroforetik ajratish usulini taklif etgan.1951 yil - L.Ploing va R.Kyuri а-spiral va P-barg strukturasini hosil qiluvchi polipeptid zanjirlrining struktur modelini taklif qilishgan.1952 yil - R.Franklin va M.Uilkins rentgenostruktur tahlil yordamida DNK regulyar strukturasining xaraterini aniqlashgan.1953 yil - J.Uotson va F. Krik DNK ikkilamchi strukturasini taklif qilishgan.1954 yil - M.Peruts va u boshqargan ilmiy guruh xodimlari oqsillar kristallografiyasida fazalar muammosini, og‘ir atomlarning o‘rin almashinishi usuli yordamida aniqlashgan.1955 yil - F. Senger qoramol insulin oqsilining ketma-ketligini aniqlaydi.1957 yil - Artur Kornberg ilk bor sintetik DNK molekulasini yaratgan.1965 yil - Margaret Deyhoff ilk bor ―Biotibbiyot tadqiqotlar milliy fondi‖ (BTMF), Vashington, xodimlari bilan hamkorlikda birinchi marotoba oqsil ketma- ketliklarini ma‘lumotlar bazsiga birlashtirgan.
Bioinformatika fani istiqbollari.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ―Genomika va bioinformatika‖ markazida sohada anchagina muvaffaqiyatli dasturlar amalga oshirildi. Markazda yetakchi xorijiy ilmiy markaz tajribalariga ega, bioinformatsion texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni puxta egallagan ilmiy xodimlarning faoliyat olib borishi va shular hisobga olingan holda markazda bioinformatika laboratoriyasining tashkil etilganligi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Markaz ilmiy jamoasi hanuzgacha noaniq bo‘lgan g‘o‘za genomidagi rekombinatsion bloklar (ya‘ni, avloddan avlodga ko‘chib o‘tadigan gen allellari to‘plami) o‘lchamlarini topib, topib, zamonaviy tezkor ―assotsiativ kartalashtirish‖ usulini kashf etdi. Natijada g‘o‘za genomidagi genlardan foydalanishning yangi imkoniyatlari ochilib, g‘o‘zada zamonaviy markerlarga asoslangan selektsiya usullari ishlab chiqildi. Gen-nokaut yoki RNK interferentsiyasi molekulyar genetika va bioinformatika usullari mahsuli bo‘lib, organizmning belgilangan genlari faolligin to‘xtatish imkonini beradi. Shu tufayli genlari ―o‘chirilgan‖ (nokaut qilingan) organizm vujudga keladi. Bu nukleotid ketma-ketligi ma‘lum bo‘lgan genlarning funksiyasini aniqlashga yordam beradi. Nokaut qilingan va normal organizm namunalari orasidagi farqlar, o‘rganilayotgan gen funksiyasini ko‘rsatib beradi.Qishloq xo‘jaligi ekinlarining biologik ko‘rsatkichlari -hosildorlik, ertapisharlik, zararkunanda va hasharotlarga chidamlilikning namoyon bo‘lishida ishtirok etuvchi genning tarkibi va funksiyasi aniqlangandan so‘ng maqsadga muvofiq ravishda ushbu gen faoliyatini kuchaytirish yoki aksincha uni to‘xtatish mumkin. Markaz olimlari erishgan eng so‘nggi yutuqlardan biri -bu ular tomonidan g‘o‘za uchun yaratilgan dunyodagi ilk -nokaut texnologiyasidir

Yüklə 58,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin