Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-
metodik markaz tadqiqotchisi Fayziyeva Maxbubaxon Raximjonovnaning
13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha
pedagogika fanlari doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun
yozgan “Raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim platformasini yaratish va
amaliyotga joriy etish” mavzusidagi avtoreferatiga
T A Q R I Z
Mamlakatimizda olib borilayotgan uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish,
raqamli
texnologiyalarni joriy etish va ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha keng qamrovli
ishlar olib borilmoqda. “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasi asosida IT-
infratuzilmani yaratish, umumta’lim
maktablarini raqamlashtirish, shuningdek,
axborot tizimlarini joriy etish va raqamli ta’lim platformalarini yaratish va ularni
o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish vazifalari belgilangan. Bu esa, raqamli
transformatsiya sharoitida ta’limni tashkil etishning pedagogik-psixologik
imkoniyatlarini tahlil qilish, raqamli texnologiyalarning ta’limga
integratsiyasiga
ta’sir etuvchi omillarni aniqlashtirish, raqamli ta’lim platformalarini yaratish hamda
ular asosida o‘qitishning xususiy-metodik asoslarini ishlab chiqish bugungi kunning
dolzarb vazifalaridan biri ekanligini belgilaydi.
Tadqiqotchi Fayziyeva Maxbubaxon tomonidan olib borilgan tadqiqot
jarayonida ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalaridan foydalanish masalalari,
raqamli texnologiyalarni o‘qitishning pedagogik muammolari va raqamli ta’lim
resurslarini yaratish bo‘yicha olib
borilgan izlanishlar tahlili, raqamli
texnologiyalarning ta’limga integratsiyasiga ta’sir etuvchi omillar, raqamli
texnologiyalarning mazmun-mohiyati, ularning turlari va imkoniyatlari tahlil etilgan.
Raqamli ta’lim platformalarini
yaratish zaruriyati, mazkur muammoning
mamlakatimizda va xorijda o‘rganilganligi haqidagi ma’lumotlar ilmiy-pedagogik
nuqtai-nazardan
tahlil etilib, platformani yaratish metodologiyasi, jumladan
platformani yaratish talablari, konsepsiyasi, bosqichlari, pedagogik loyihasi, tarkibi,
mazmuni hamda dasturiy ta’minoti yoritilgan.
Raqamli ta’limni
tashkil etish modeli, raqamli texnologiyalarning ta’limga
integrasiyasi yondashuvlari, raqamli resurslarini tayyorlashning pedagogik dizayn
modeli, raqamli ta’lim platformalaridan foydalanishning didaktik modeli va darslarni
tashkil etish strategiyalari va raqamli ta’lim platformalaridan foydalanish metodikasi
yoritilgan. Platformada o‘qitishni tashkil etish uchun “Informatika
va axborot
texnologiyalari” fani doirasidagi barcha raqamli ta’lim resurslari pedagogik dizayn
yondashuvi asosida tayyorlangan va platformaga kiritilgan. Tadqiqot jarayonida
raqamli ta’lim texnologiyalari tahlil etilgan hamda raqamli ta’lim platformasi orqali
ta’limni tashkil etishning didaktik modeli ishlab chiqilgan.
Shuningdek, raqamli ta’lim platformasidan foydalanib nazariy va amaliy
darslarni tashkil etish uchun “brainsketching (miya eskizi)”, “task-based (topshiriqqa
asoslangan ta’lim)”, “project-based (loyihaviy ta’lim)”, “tengdoshlarni o‘qitish”,
“collaborative
(hamkorlikdagi
ta’lim)”,
“gamifacition
(o‘yinli
ta’lim)”
texnologiyalari tanlab olindi hamda nazariy, amaliy va aralash darslarni olib borish
metodikasi ishlab chiqilgan.
Fayziyeva Maxbubaxon Raximjonovnani 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi
va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (Doctor of Science)
ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman va keyingi bosqichga tavsiya etaman.