Reja: Avtomatlashtirilgan ish joylari haqida tushuncha Buxgalteriya tizimida zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ta’minlash zaruriyati Buxgalteriya tizimida avtomatlashtirilgan ish joylari yaratish va 1S buhalteriya dasturini ishlash
Buxgalteriya hisobida axborot kompleksi va texnologiyalari
Reja:
Avtomatlashtirilgan ish joylari haqida tushuncha
Buxgalteriya tizimida zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ta’minlash zaruriyati
Buxgalteriya tizimida avtomatlashtirilgan ish joylari yaratish
va 1S buhalteriya dasturini ishlash texnologiyasi. Buxgaleriya tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash zaruriyati. Iqtisodiyotni boshqarishdagi o’zgarishlar, bozor munosabatlariga o’tish
Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta’sir ko’rsatadi. Hisobning halqaro tizimlariga o’tishi amalga oshirilmokda, bu uning uslubiyotining yangi shakllarini ishlab chiqishning talab qiladi. Buxgalteriya hisobining axborot tizimi va uni kompyuterda ishlab chiqishni tashqil qilishning an’anaviy shakllari katta katta o’zgarishlarga uchragan. Hisobchidan korxona moliyaviy holatining ob’ektiv baholarini bilish, moliyaviy tahlil usullarini egallash, qimmatli kog’ozlar bilan ishlashni bilish, bozor sharoitlarida pul mablag`’lari investitsiyalarini asoslash va boshqalar talab qilinadi. Buxgalteriya hisobining axborotli tizimlari an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o’z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish xaki (maosh) hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqarish harajatlari hisobi, yig’ma hisob va hisobotlar tuzish.
Shaxsiy kompyuterlar bazasida avtomashtirilgan ish joylarining tashkil qilinishi, korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoo’larini yaratish, axborot bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda yangi talablarni ilgari surdi. Ma’lumotlarning taqsimlangan bazalari tizimini yaratish, turli foydalanuvchilar o’rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang’ich hujjatlarni avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo’ldi.