Asosiy bosqich ishning tugallovchi bosqichi bo’ladi va o’ar xil hisobot shakllarini olish bilan bog’liq. Uni bajarish uchun «moddiy boyliklarning qaydnomasi», «Aylanish qaydnomasi» va «Hisobotlar» menyusi modulidan foydalaniladi.
Ko’pgina firmalar dasturlarni ikki variantda: mao’alliy va tarmoqli ishlab chiqaradilar. Ta’kidlash kerakki, tarmoqli variantlar ancha murakkab va qimmat.
Buxgalteriya vazifalari ana’anaviy majmuasining tarkibi yangi boshqaruv, savdo va tao’liliy modullarini yaratilishi hisobiga kengaytirilishi mumkin. Bunda asosiy tamoyillarga rioya qilish zarur – ADP lar o’zaro axborotli bog’langan bo’lishlari kerak. Bu faqat ADPlarning butun majmuasini bitta firmadan harid qilingandagina mumkin.
Kichiq korxonalarda BX AT yaratishda ShK dan keng foydalanish hisobchining ish joyida axborotlarni ishlab chiqish, saqlash va uzatish bo’yicha barcha tadbirlarni avtomatlashtirishga imkon beradi.
Bunday BXATlarni yaratishda bir nechta yondoshishlar mavjud. Birinchi yondoshishda faqat moliyaviy hisobni avtomatlashtiruvchi tizim yaratiladi. Bunday BX AT – minihisobxonalar sinfiga kiradi. +oida bo’yicha, bu tizimda buxgalteriya hisobi bitta odam – hisobchi tomonidan olib boriladi.
Ikkinchi yondashishda – moliyaviy hisobdan tashqarii qisman boshqaruv tizimi ham o’ar tomonlama avtomatlashtiriladi. Bu holda buxgalteriya hisobini ikkita odam: hisobchi va uning yordamchisi yoki kirishni cheklash yo’li bilan bitta ish joyi o’rnida yoki ikkita ish joylarida olib boriladi.
Moliyaviy va boshqaruv hisobini zamonaviy kompyuter texnologiyalari asosida avtomatlashtirish uchinchi yondoshishda erishiladi. Bunday tizimda ishlab chiqilayotgan axborotlarning katta o’ajmlarida ko’p foydalanuvchanlik usulidan foydalaniladi. Unda bir nechta ShKlar mao’alliy tarmoqqa birlashtiriladi.
Kichiq va o’rta korxonalardagi moliyaviy va boshqaruv hisobini qarab oluvchi buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish uchun dasturiy majmua ikkita moduldan tashkil topadi.