Olloqulova Farzona Umedillayevnaning 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “O‘quvchilarda konsentrizm asosida tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirishning pedagogik texnologiyalari (boshlang‘ich sinflar misolida)” mavzusidagi falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi ilmiy natijalarining amaliyotga tadbiq etilganligi to‘g‘risida
D A L O L A T N O M A
Termiz davlat pedagogika instituti erkin tadqiqotchi Olloqulova Farzona Umedillayevnaga “O‘quvchilarda konsentrizm asosida tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirishning pedagogik texnologiyalari (boshlang‘ich sinflar misolida)” mavzusi asosida maktablarda tajriba-sinov ishlarini o‘tkazishga ruxsat berilgan. F.U.Olloqulova Namangan viloyati Namangan shahridagi 11-, 9-, 15-maktablarda tadqiqot ishlarini o‘tkazishga ruxsat etilgan bo‘lib, tajriba-sinov ishini 2022–2023 yillarda olib bordi.
Tadqiqotchi F.U.Olloqulovaning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “O‘quvchilarda konsentrizm asosida tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirishning pedagogik texnologiyalari (boshlang‘ich sinflar misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi natijalari OAK tasarrufidagi “O‘zMU xabarlari”, “Tafakkur ziyosi”, “Jamiyat va innovatsiyalar”, ilmiy-metodik jurnallarida, bugungi kunda o‘quvchilarda konsentrizm asosida tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirishning pedagogik texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirish, dars mashg’ulotlarini turli shakl va usullar asosida tashkil etish yuzasidan ilmiy-uslubiy tavsiyalar, Namangan viloyati Namangan shahridagi 11-, 9-, 15-umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida amaliyotga tatbiq etildi.
Mazkur tadqiqot ishini o‘qitish jarayonida foydalanish maqsadga muvofiq, deb bilamiz. Haqiqatdan ham tajriba-sinov ishlari yakunida tajriba-sinov guruhlarida nazorat guruhiga nisbatan ancha yuqori ta’lim samaradorligiga erishilgan.
Namangan viloyat maktabgacha va maktab
ta’limi boshqarma boshlig‘i O.O.Zokirov
Namangan shahar 11-umumta’lim
maktabi direktori: S. Turayev
Namangan shahar 9-umumta’lim
maktabi direktori: S. Ro‘ziqulov
Namangan shahar 15-umumta’lim
maktabi direktori: K. Jo’rayev
Dostları ilə paylaş: |