Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 20,69 Kb.
tarix23.04.2022
ölçüsü20,69 Kb.
#56154
FEVRAL hisobot Raxmonova


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Raxmonova Yulduzoy Yigitali qizi

70110103- Ta’lim muassasalari boshqaruvi

yo’nalishi bo‘yicha

2021-2022-o‘quv yili fevral oyi uchun

MAGISTRATURA TALABASINING OYLIK HISOBOTI

CHIRCHIQ-2021

I.Talabaning o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, ilmiy pedagogik ishlari, ilmiy seminar bo‘yicha hisoboti

I. O‘quv-metodik ishlar

Fevral oyi uchun o‘quv topshiriqlarining bajarilishi:

O‘quv jarayonini tashkil qilishga bog‘liq me’yoriy hujjatlar: Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari, ishchi o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, ishchi o‘quv dasturlari bilan tanishdim.

Fan o’qituvchilarining maslahatlari bilan dars jarayonlarida mavzular asosida bahs – munozara tashkil etib, berilgan mavzuni to’laroq ochishga harakat qilindi va o’quv topshiriqlarini bajarildi.

2. Ilmiy-tadqiqot ishlari

Magistrlik dissertatsiya ishi uchun Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Sh.P.Po’latov ilmiy rahbarim bilan birgalikda magistrlik dissertatsiya mavzuyimga oid kerakli adabiyotlarni ko’rib, tahlil qilib chiqdik. Ma’lumotlar umumlashtirildi, mavjud ma’lumotlar bilan solishtirildi, tahlil qilindi va interpertasiyasi o‘tkazildi, ular qanday ma’no berishini aniqlandi. 1 bob yuzasidan ma’lumotlar yig’ib, o’rganib, reja asosida yozish boshlandi.



3. Ilmiy- pedagogik ishlari

O‘quv jarayonini tashkil qilish bilan bog’liq me’yoriy hujjat-malaka talablarida ilmiy-tadqiqot faoliyati ham nazarda tutilgan. Ilg‘or xorijiy mamlakatlardagi pedagogika ta’lim sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan fanlar sonini va nomlanishini hisobga olib, o‘quv rejasi fan bloklari yangilandi.

Kafedrani professor o’qituvchilarining dars mashg‘ulotlarida qatnashildi va ularning mashg‘ulotlari bo‘yicha tahliliy ma’lumot shakllantirilib ilmiy rahbar nazoratidan o‘tkazildi. Talabalarga mo’ljallangan malaka talablari shaxsning har tomonlama rivojlanishini hisobga olgan holda uzviylik va izchillikning mujassamligini ta’minlashga qaratilgan. O’quv yuklamasining oddiydan murakkabga qarab tuzilishi natijasida ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari va ehtiyojlariga ko’ra ta’limni tabaqalashtirish imkoniyatlari inobatga olingan.

II. Magistrlik dissertatsiyasini bajarish yuzasidan hisobot

1. Tanlangan mavzu bo‘yicha bibliografiya va axborot resurslar, kutubxona fondlari va elektron resurslari bilan tanishildi. Bibliografik ro‘yxat tuzildi.



2. Dissertasiyaning kirish qismi yozildi.


Ilmiy rahbar: __________ P.f.n.dots Sh.P.Po’latov

Magistrant: __________ Y.Y.Raxmonova
Yüklə 20,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin