International Conference on Developments in Education
Hosted from Amsterdam, Netherlands
https
:
econferencezone.org 22
nd
August 2022
3
IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA DAVLATNING
VAZIFALARI VA BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Avlaev Muzaffar Tuflievich
Toshkent Harbiy okrugi moliya
hizmati katta ofitseri
Toshkent Harbiy okrugi moliya bo'limi katta ofitseri
Annotatsiya
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot va uning sohalarda tashkil etilishi,
raqamlashtirish
sharoitida davlatning vazifalari va boshqarish tizimini takomillashtirishdagi o‘rni haqida so‘z
boradi. Bundan tashqari O‘zbekistondagi raqamli iqtisodiyot holati,
bu borada olib
borilayotgan ishlar va ushbu sohadagi to‘siqlar haqida bilib olishingiz mumkin.
Kalit so‘zlar:
Informatsion oqim, raqamli texnologiyalar,
global iqtisodiyot, informatsion-
kommunikatsiya,
elektron hukumat, xalqaro reyting va indekslar,
blokcheyn, IT-park,
robototexnika, elektron tijorat.
Kirish
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, har bir yarim yilda informatsion oqim ikki
barobarga oshib bormoqda. Jadal sur’atlarda rivojlanish sharoitida raqamlashtirish zaruriyati
yanada oshadi. Bu o‘z navbatida, juda ko‘p resurslarni talab qiladi. Shu bois hozirdan raqamli
iqtisodiyotga o‘tish muhim vazifaga aylanmoqda. O‘zbekiston yaqin kelajakda aholi turmush
darajasini tubdan yaxshilab, dunyoning rivojlangan 50 mamlakati qatoriga kirishni
maqsad
qilgan. Bu boradagi islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan ham ijobiy baholanmoqda.
Dunyodagi nufuzli nashrlardan biri - “Ekonomist” jurnali tomonidan O‘zbekistonni 2019-
yilda islohotlarni eng jadal amalga oshirgan davlat sifatida “Yil mamlakati” deb e’tirof etildi.
Raqamli iqtisodiyot – bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va
ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko‘chirishdir.
Raqamli iqtisodiyot yordamida iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
aloqalarning raqamli
texnologiyalarini qo‘llash asosida amalga oshirish mumkin bo‘lgan tizimdir. Bunda raqamli
iqtisodiyot yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik
hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga koʻchirish demakdir. Bu
termin dastavval amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte tomonidan 1995-yilda kiritilgan, u
bugungi kunda barcha sohalarda keng qo‘llanib kelinmoqda. Raqamli iqtisodiyot inson
omilisiz boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish orqali korrupsiyani kamaytiradi, soliq tushumlarini
“aqlli” shartnomalar tuzish orqali ko‘paytiradi, byudjet xarajatlaridagi “shaffof”likni oshiradi,
yagona elektron platforma orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Raqamli
iqtisodiyotning yangi konsepsiyasi inson faoliyati doirasidagi
barcha informatsiyalarni