International Conference on Developments in Education Hosted from Amsterdam, Netherlands https :
econferencezone.org 22 nd August 2022 5 ijrosi oʻlaroq, mamlakatimizda yangi elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda,
elektron toʻlovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy baza
takomillashtirilmoqda, elektron infratuzilma va tijorat shakllantirilmoqda, iqtisodiyotning
barcha jabhalarida raqamli transformatsiyaga oʻtilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilib
kelinmoqda.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro
etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish, elektron raqamli imzodan foydalangan holda
kelishish uchun, shu jumladan bir vaqtning oʻzida keng jamoatchilik va mutaxassislar
muhokamasini oʻtkazish va tezkor joʻnatish uchun vaqtni va mehnat resurslarini sezilarli
darajada tejash maqsadida yagona elektron tizimi “project.gov.uz” joriy etildi.
Mamlakatimizda zamonaviy dasturlash texnologiyalarini oʻzlashtirgan kadrlarni tayyorlash
maqsadida “Bir million dasturchi” loyihasi ishlab chiqilib, loyiha doirasidagi mashgʻulotlarni
tashkil etish uchun uzbekcoders.uz oʻquv portali ishga tushirildi foydalanishga topshirildi.
Raqamli iqtisodiyot texnologik va biznes jarayonlari, ishlab chiqarish, logistika va tayyor
mahsulotlarning savdosini raqamlashtirish uchun mamlakatimizda zamonaviy infratuzilmaga
ega boʻlgan “IT-park”lar tashkil etildi. Kripto-aktiv va blokcheyn texnologiyalar sohasidagi
kompaniyalarning erkin faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
2020-yil mamlakatimizda “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon
qilindi va bu boradagi ishlar endilikda yangi bosqichga koʻtarilib, Prezident Farmoni bilan
mamlakatning “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha
“Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda avvalo telekommunikatsiya va elektron infratuzilmani
takomillashtirish alohida ahamiyatga ega. Albatta, aholini internet tarmogʻidan foydalanish
darajasi qanchalik yuqori boʻlsa raqamli iqtisodiyot, shu jumladan elektron hukumat tizimi
ham shuncha samarali faoliyat yuritadi. Yurtimiz boʻyicha internet foydalanuvchilari soni jami
aholiga nisbatan 2018-yilda 46 foizni tashkil qilgan boʻlsa, 2021-yilda bu koʻrsatkich 60
foizdan yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda. “Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va
xizmatlar sifatini oshiradi, balki ortiqcha xarajatlarni ham kamaytiradi. Shu bilan birga, meni
juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng ogʻir illat – korrupsiya balosini
yoʻqotishda ham samarali vositadir ” - Prezidentimizning mazkur soʻzlari raqamlashtirish
nafaqat iqtisodiyot tarmoqlarida tejamkorlik va samaradorlikni taʼminlashi, balki korrupsiya
va qora iqtisodiyotga qarshi kurashish uchun samarali vosita sifatida qayd etilishi bilan
ahamiyatlidir.
Lekin shuni ham ta’kidlash kerak-ki, O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot O‘zbekiston
potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda. Ya’ni imkoniyat bor, kerakli
resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida raqamli iqtisodiyotni
O‘zbekistonda rivojlanishini bir qancha to‘siqlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.