RAQAMLI IQTISODIYOTNI TA’LIM TIZIMIDA INTEGRATSIYASI AHAMIYATI
Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha samarador texnologiyalar, shu jumladan, elektron tijorat va elektron biznes hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning uchun ham, davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida, respublikamiz rahbariyati bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi prezidenti 2020 yil 25 yanvardagi 2020 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Muroja’atnomasida mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo’yicha quyidagilarni aytib o’tdi: “Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim , yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko’tarish maqsadida men yurtimizda 2020 yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” , deb nom berishni taklif etaman”.
Raqamli iqtisodiyot– bu jamiyat ne’matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida elektron hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etishni ko‘zda tutadigan insonning xo‘jalik faoliyatini tadqiq etuvchi sohadir.Raqamli iqtisodiyot atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu o’ziga hos nazariya bo‘lib, uning o‘rganish ob’ekti, axborotlashgan jamiyat jarayonlari hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot nazariyasi o‘z rivojlanishining boshlang‘ich davridadir, chunki tsivilizatsiyaning raqamli axborot bosqichiga o‘tishi bir necha o‘n yil avvalgina boshlangan.“Raqamli iqtisodiyot” atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan kiritilgan.Raqamli iqtisodiyot tushunchasi bevosita ta’limga ham aloqador bo’lib ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo’llashga asoslanadi. Hususan “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”davlat dasturida ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalar va yuqori tezlikdagi internetni qo’llash, masofaviy ta’limni yanada rivojlantirish vazifalari qo’yildi.Shu munosabat bilan 2020-yil 1- sentyabrdan barcha ta’lim muassasalarida elektron jurnal va elektron kundalik yuritilishi belgilab qo’yildi.
Dostları ilə paylaş: |