geymifikatsiya deb nomlangan va bu atama bir necha yillardan buyon jahondagi ko’pchilik biznes jamoalarda ishlatiladi. Djeyin Makgonald o’zining «Reality Is Broken: Why Games Make us Better and How they Can Change the World – Nega o’yinlar bizni yaxshiroq qila oladi va ular qanday qilib dunyoni o’zgartira oladi?»deb nomlangan kitobida yaqin yillarda geymifikatsiya bozorining kattaligi 25-30 milliard dollarga yetib, u inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan, ta’limga ham kirib borishini ko’rsatgan. Geymifikatsiya inson miyasining qilingan ish uchun mukofotlanishni juda yaxshi ko’rishi hossasiga asoslangan.Geymifikatsiya tarafdorlari o’yin elementlarini insonning har kunlik hayot tarziga maksimal ravishda integratsiya qilishni taklif qiladilar. Shunda ularning tegishli sohalarda bilim olishlari va tarbiyalanishlari ancha osonlashadi. Umuman aytganda, ta’limni komp’yuter yordamisiz geymifikatsiyalash jarayoni allaqachonlar amalga oshgan deyish ham mumkin. Chunki agar o’quvchi masalani to’g’ri yechgan bo’lsa, uni yaxshi baho bilan taqdirlaydilar, aks holda esa uni yomon baho bilan jazolaydilar. Har o’quv yilining oxirida esa yaxshi o’quvchilar maqtov yorliqlari bilan mukofotlanadilar, yomon o’qiydiganlari esa sinfda qoldiriladilar. Ammo bunda geymifikatsiyani optimal ravishda amalga oshirish uchun ko’p zahiralar, mablag’, vaqt va juda ko’p sonli o’qituvchilar talab qilingani hamda u yaxshi samara bermayotgani tufayli, geymifikatsiyani komp’yuter dasturiy-texnik vositalari va internet yordamida boshqacharoq usullarda, ko’rinishlarda yoki boshqacha tartibda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo’lar edi.
An’anaviy ta’limdagi yana bir muammo – har bir talabaning har xil tezlik bilan bilim olishidir. Kimlardir bir marta o’qiganda barcha materialni tushunib olishsa, boshqa talabalarning berilgan o’quv materialini o’zlashtirib olishlari uchun ancha vaqt kerak bo’ladi. O’qituvchining esa talabalarni guruxlarga bo’lib, ularning o’zlashtirish darajalariga mos ravishda o’qitishni tashkil qilish uchun imkoniyati yo’q. Matematika bo’yicha ta’limning online platformasi bo’lgan
Dostları ilə paylaş: |