Fizikadan masalalar 10 10-sinf masalalari va test savollari to`plami
FIZIKADAN
MASALALAR 10
10-sinf masalalari va test savollari to`plami
1-mashq
1-masala.
Motorli qayiq daryoda manzilga yetib borish uchun 1,8 soat, qaytib kelish uchun esa 2,4 soat vaqt sarfladi. Agar sol jo‘natilsa, manzilga qancha vaqtda yetib boradi? (Javobi: 14,4 soat).
2-masala
Metrodagi eskalator odamni 30 s da yuqoriga olib chiqadi. Agar odam va eskalator birgalikda harakat qilsa, 10 s da ko‘tariladi. Eskalator tinch tursa odam qancha vaqtda yuqoriga chiqadi? (Javobi: 15 s).
3-masala
Jism 80 m balandlikdan erkin tushmoqda. Tushishning oxirgi sekundidagi ko‘chishni toping. Harakat davomidagi o‘rtacha tezligini aniqlang. Jismning boshlang‘ich tezligini nolga teng deb hisoblang. (Javobi: 35 m, 20 m/s).
Yechilishi:
4-masala Agar vertikal yuqoriga otilgan jism yo‘lning oxirgi 1/4 qismini 3 s da bosib o‘tgan bo‘lsa, u qancha vaqt ko‘tarilgan? Uning boshlang‘ich tezligi qanday bo‘lgan? (Javobi: 60 m/s, 6 s).
Yechilishi:
5-masala
Agar boshlang‘ich tezliksiz erkin tushayotgan jism oxirgi sekundda 75 m yo‘lni o‘tgan bo‘lsa, u qanday balandlikdan tushgan? Harakatning oxiridagi tezligi nimaga teng? (Javobi: 320 m, 80 m/s).
Yechilishi:
6-masala
Ikki sharcha bir nuqtadan 20 m/s boshlang‘ich tezlik bilan 1 sekund vaqt intervali bilan yuqoriga vertikal otildi. Birinchi sharcha otilgandan qancha vaqt o‘tgach, sharlar uchrashadi? (Javobi: 2,5 s).
Yechilishi:
2,5 s, 1,5 s
7-masala
Maxovik aylanganda gardishidagi nuqtalar tezligi 6 m/s ulardan o‘qqa 1,5 sm yaqin masofada bo‘lgan nuqtalar tezligi esa 5,5 m/s bo‘lsa, maxovikning radiusi qancha? (Javobi: 18 sm).
Yechilishi:
8-masala . Mexanik harakat I g‘ildirakdan II g‘ildirakka tasma orqali uzatiladi. Agar II g‘ildirakning burchak tezligi 100 πs–1, g‘ildiraklarning radiuslari mos ravishda 30 va 10 sm bo‘lsa, I g‘ildirak minutiga necha marta aylanadi? (Javobi: 300 marta).
Yechilishi:
9-masala
Magnitofon o‘ragichi 4 m/s tezlik bilan 40 s da tasmani o‘rab oldi. Agar o‘ragichning boshlang‘ich radiusi 2 sm, oxirgi radiusi 6 sm bo‘lsa, tasmaning qalinligini aniqlang. (Javobi: 0,063 mm).
Yechilishi:
d=R-r
10-masala
h balandlikdan boshlang‘ich tezlik bilan gorizontal otilgan jism borib tushgan nuqtasiga aynan tushishi uchun uni h/3 balandlikdan qanday gorizontal tezlik bilan otish kerak?
I bobni yakunlash yuzasidan test savollari
1. Motorli qayiqning daryo oqimi bo‘ylab suzgandagi qirg‘oqqa nisbatan tezligi 6 m/s, oqimga qarshi suzganda esa 4 m/s. Daryo oqimining tezligi (m/s) nimaga teng?
A) 0,5; B) 1; C) 2,5; D) 5.
2. Jism 15 m/s tezlik bilan vertikal pastga qarab tashlandi. U 2 s o‘tgach qanday tezlikka erishadi (m/s)?
A) 25; B) 35; C) 30; D) 45.
3. Jism qanday tezlik bilan vertikal otilsa, u 6 s dan so‘ng otilgan joyiga qaytib tushadi (m/s)?
A) 20; B) 35; C) 30; D) 40.
4. Yuqoriga tik otilgan jismning tezligi 2 s o‘tgach, ikki marta kamaydi. U qanday tezlik bilan otilgan?
A) 30; B) 40; C) 50; D) 60.
5. Massalari 100 g va 150 g bo‘lgan ikki metall sharcha bir xil tezlik bilan tik yuqoriga otildi. Ularning qaysi biri balandroq ko‘tariladi? Havoning qarshiligini hisobga olmang.
A) massasi kichik bo‘lgan sharcha;
B) massasi katta bo‘lga n sharcha;
C) ikkalasi bir xil balandlikkacha ko‘tariladi;
D) berilgan ma’lumotlar yetarli emas.6. Aylanma harakat 50 ta tishi bo‘lgan g‘ildirakdan 150 ta tishi bo‘lgan g‘ildirakka uzatilmoqda. Birinchi g‘idirak 2 s davomida bir marta to‘liq aylanib chiqsa, ikkinchi g‘ildirakning aylanish davri qancha?
A) 3 s; B) 7,5 s; C) 5 s; D) 6 s.
7. Egri chiziqli tekis harakatda quyidagi kattaliklarning qaysi biri o‘zgarmaydi?
A) oniy tezlik moduli; B) tezlanish moduli;
C) o‘rtacha tezlik moduli; D) tezlanish vektori.
8. Egri chiziqli tekis harakatda tezlanish vektorining yo‘nalishi qanday?
A) trayektoriyaning egrilik radiusi bo‘yicha markazga;
B) trayektoriyaga urinma;
C) harakat trayektoriyasi bo‘yicha;
D) egri chiziq radiusi bo‘yicha markazdan tashqariga.
9. 125 m balandlikdagi minoradan jism 30 m/s tezlik bilan gorizontal yo‘nalishda otildi. Jismning uchish uzoqligini aniqlang.
A) 300 m; B) 120 m; C) 240 m; D) 150 m.
10. Jism yerdan gorizontga nisbatan 30° burchak ostida 20 m/s boshlang‘ich tezlik bilan otildi. Boshlang‘ich tezlik vektorining gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarini aniqlang (m/s).
A) 10 va 14,1; B) 17,3 va 10; C) 14,1 va 10; D) 20 va 10.
S
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
J
|
B
|
B
|
C
|
B
|
C
|
D
|
A
|
A
|
D
|
B
|
2-mashq
1-masala
Uyning tomi gorizontga nisbatan 30o ni tashkil etadi. Tom ustida yurgan odam oyoq kiyimining tagcharmi bilan tom usti orasidagi ishqalanish koeffi tsiyenti qancha bo‘lganda, u sirpanmasdan yura oladi? (Javobi: 0,58).
2-masala
Qo‘zg‘almas blok orqali o‘tkazilgan arqonning uchlariga 50 g va 75 g li yuklar osilgan. Arqon va blok massasi hisobga olinmaydigan darajada kichik. Arqonni cho‘zilmas deb olib, yuklarning harakatlanish tezlanishini va arqonning taranglik kuchini toping. (Javobi: 1,96 m/s2; 0,6 N).
3-masala
Arava ustida suyuqlik quyilgan idish qo‘yilgan. Arava gorizontal yo‘nalishda a tezlanish bilan harakatlanmoqda. Suyuqlik sirti barqaror holatda bo‘lganida, gorizont bilan qanday burchak tashkil qiladi? (Javobi: α = tgα).
4-masala
O‘zgarmas kuch ta’sirida harakat boshlagan jism birinchi sekundda 0,5 m yo‘l bosdi. Agar jismning massasi 25 kg bo‘lsa, ta’sir etuvchi kuch nimaga teng? (Javobi: 25 N).
Berilgan
M=25 kg
S=0,5 m
|
Yechilishi:
|
5-masala
O‘zgarmas kuch ta’sirida harakat boshlagan 50 g massali jism 2 sekundda 1 m yo‘l bosdi. Ta’sir etuvchi kuch nimaga teng? (Javobi: 0,025 N).
Berilgan
m=0,05 kg
t=2 s
S=1 m
F=?
|
Yechilishi:
|
6-masala
Liftdagi suv solingan chelakda jism suzib yuribdi. Agar lift yuqoriga (pastga) a tezlanish bilan harakatlansa, jismning botish chuqurligi o‘zgaradimi?
Berilgan
bo’lsa
bo’lsa ortadi
pastlasa kamayadi.
|
7-masala
Massasi M bo‘lgan silindrga ip o‘ralgan. So‘ngra silindrni pastga tashlab yuborilib, ipni yuqoriga tortib turiladi. Bunda silindrning massa markazi ipning yoyilishi davrida aynan bir xil balandlikda qoldi. Ipning taranglik kuchi nimaga teng.
Berilgan
m=M
T=?
|
Yechilishi:
|
|
8-masala
Gorizontal joylashgan taxtachada yuk turibdi. Yuk va taxtacha orasidagi ishqalanish koeffi tsiyenti 0,1. Taxtachaga gorizontal yo‘nalishda qanday α tezlanish berilsa, uning ustidagi yuk sirpanib tushadi? (Javobi: 1 kg).
9-masala
Qog‘oz varaq ustida to‘g‘ri silindr turibdi. Silindr balandligi 20 sm va asosining diametri 2 sm. Qog‘ozni qanday minimal tezlanish bilan tortilsa, silindr ag‘darilib tushadi. (Javobi: a = 0,1 m/s2).
Berilgan
|
Yechilishi:
|
d
hj
h
ma
|
10-masala
Massasi 6 t bo‘lgan, yuk ortilmagan avtomobil 0,6 m/s2 tezlanish bilan harakatlana boshladi. Agar u o‘sha tortish kuchida joyidan 0,4 m/s2 tezlanish bilan qo‘zg‘alsa, unga ortilgan yukning massasi qancha bo‘lgan? (Javobi: 3 t).
Dostları ilə paylaş: |