Fizikadan masalalar 10 10-sinf masalalari va test savollari to`p-fayllar.org
IX bobni yakunlash yuzasidan test savollari 1. Gapni to‘ldiring. Metallarning qizishi tufayli ulardan elektron uchib chiqish hodisasiga ... deyiladi.
A) ... termoelektron emissiya...; B). ..elektron emissiya...;
C) ...chiqish ishi...; D) ...to‘yinish toki....
2. Vakuumda elektr tokining tabiati nimadan iborat?
A) elektronlar oqimining bir tomonga harakatidan;
B) musbat ionlarning bir tomonga harakatidan;
C) manfi y ionlar oqimining bir tomonga harakatidan;
D) elektronlar, musbat va manfi y ionlarning bir tomonga harakatidan iborat.
3. Donor aralashmali yarimo‘tkazgichlar qanday turdagi o‘tkazuvchanlikka ega?
A) asosan elektron o‘tkazuvchanlikka;
B) asosan teshikli o‘tkazuvchanlikka;
C) teng miqdorda elektron va teshikli o‘tkazuvchanlikka;
D) elektr tokini o‘tkazmaydi.
4. Toza yarimo‘tkazgichdan elektronlarning tartibli harakati tufayli 1 mA tok o‘tmoqda. Yarimo‘tkazgichdan o‘tayotgan to‘la tok kuchi nimaga teng?
A) I mA; B) 2 mA; C) 0,5 mA; D) 0.
5. Gapni davom ettiring. “Temperatura ortishi bilan yarimo‘tkazgichning qarshiligi...”
A) ... ortadi; B) ... avval ortadi, so‘ngra kamayadi;
C) ... kamayadi; D) ... avval kamayadi, so‘ngra ortadi.
6. Yarimo‘tkazgichda teshik va elektron uchrashganda nima hosil bo‘ladi?
A) musbat ion; B) neytral atom;C) manfi y ion; D) musbat va manfi y ionlar.
7. Aralashmali o‘tkazuvchanlik qanday zarralarning harakati bilan bog‘langan?
A) asosan erkin elektronlar;
B) asosan kovaklar;
C) teng miqdordagi erkin elektronlar va kovaklar;
D) turli miqdordagi erkin elektronlar yoki kovaklar.
8. “To‘g‘ri p–n o‘tishda yarimo‘tkazgichdagi berkituvchi qatlam ...” Gapni davom ettiring.
A) ... kengayadi;
B) ... torayadi;
C) ... o‘zgarmasdan qoladi;
D) ... kuchlanish kattaligiga qarab chiziqli o‘zgaradi.
9. Kovalent bog‘lanishda nechta elektron qatnashadi?
A) 1 ta; B) 2 ta; C) 3 ta; D) 4 ta.
10. n–p–n turdagi tranzistor bazasiga emitterga nisbatan qanday ishoradagi potensial berilganda tranzistordan tok o‘tadi?
A) musbat; C) nol;
B) manfi y; D) qanday ishorada berilishining ahamiyati yo‘q.