Peshku tuman 1-son kasb-hunar maktabi Fizika fani o’qituvchisi
Ro’ziyev Furqat Oripovichning fizika fanidan tayyorlagan MULTIMEDIYASI
JISMLARNING VERTIKAL HARAKATI
Biror jismni qo‘limizda ushlab turib, so‘ng uni qo‘yib yuborsak, jism tortish kuchi natijasida to‘g‘ri yer sirtiga tomon harakatlanadi. Jismning bunday harakati pastga qarab vertikal harakat deyiladi.

Jism vertikal harakatlanganda unga bitta yoki bir nechta kuchlar (og‘irlik kuchi, havoning qarshilik kuchi, Arximed kuchi) ta’sir qiladi.

Jismning yuqoriga tik (vertikal) harakatida masalani soddalashtirish maqsadida havoning qarshilik kuchini va Arximed kuchini hisobga olmaymiz.Jismni yuqoriga vertikal yo‘nalishda 0 boshlang‘ich tezlik bilan uloqtirib, uning harakatini kuzataylik
Jismning vertikal harakat qonuniyatlarini birinchi bo‘lib buyuk italiyan olimi G. Galiley tajribalar asosida o‘rgandi. O‘tkazilgan tajribalar asosida jismlarning vertikal tushishida ikkita qonuniyat borligi aniqlandi.

Birinchidan, jismning vertikal tushishi to‘g‘ri chiziqli tekis tezlanuvchan

harakatdan iborat, ikkinchidan, hamma jism erkin tushish vaqtida doimiy tezlanish bilan harakatlanadi.Jismning erkin tushishi tekis tezlanuvchan harakat bo‘lganligi inobatga olinsa, bu harakat uchun ham to‘g‘ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatning barcha tenglamalari o‘rinli bo‘ladi, faqat ularda a tezlanishni g erkin tushish tezlanishi bilan, s yo‘lni esa h balandlik bilan almashtirish kerak