seminar mashg’ulot. ( soat ) 1-mavzu. Raqamli jamiyatning umumiy asoslari



Yüklə 21,38 Kb.
səhifə1/3
tarix14.04.2023
ölçüsü21,38 Kb.
#98261
  1   2   3
1 mavzu raqamli


1-seminar mashg’ulot. ( 2 soat )
1-mavzu. Raqamli jamiyatning umumiy asoslari
Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha samarador texnologiyalar, shu jumladan, elektron tijorat va elektron biznes hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning uchun ham, davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida, respublikamiz rahbariyati bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi.
Masalan, O’zbekiston Respublikasi prezidenti 2020 yil 25 yanvardagi 2020 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Muroja’atnomasida ham mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo’yicha o’z fikrlarini aytib o’tdi. Undan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonini ijro etish borasida1, shuningdek, respublikamizda raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimiga tadbiq qilish uchun zamonaviy axborot texnologiyalarni jadal rivojlantirish bo’yicha sharoitlar yaratish, shunigdek, axborot havfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 31 avgustda raqamli iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan “O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Qaror qabul qildi, hamda O’zR Prezidentining PQ-3832 03.07.2018 dagi “O’zbekiston Resbublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlarini ham shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin.
Ushbu qaror bo’yicha quyidagilar O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar deb ko’rsatilgan:
 Investitsiya va tadbirkorlikni diversifikatsiya qilish uchun kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan, mayining, smart kontrakt, konsalting, emissiya, ayriboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug’urtalash, kraud-funding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, blokcheyn texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish.
 Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida amaliy ish ko’nikmalariga ega bo’lgan malakali kadrlarni tayyorlash.
Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash.
 Kriptoaktivlar bo’yicha faoliyat va blokcheyn texnologiyalari sohasida halqaro va horijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko’rsatadigan yuqori malakali horijlik mutahassislarni jalb qilish.
 Horij tajribasini hisobga olgan holda blokcheyn texnologiyalarini joriy etish uchun huquqiy baza yaratish.

Yüklə 21,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin