1.O'zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi…O'zbekiston tarixi davrlashtirish masalasi yuzasidan 7 ta davrga bo'linadi: Ibtidoiy to'da davri. Urug'chilik jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri. Ilk o'rta asrlar davri. O'rta asrlar davri. Mustamlakachilik va milliy uyg'onish davri. Sovetlar davri. istiqlol, demokratik va fuqorolik jamiyati qurish davri. O'zbekiston tarixini o'rganishda asosan moddiy va yozma manbalardan foydalanamiz. Ularni davrlashtirish nuqtai nazaridan quyidagi manbalarga ajratish mumkin. Eng qadimgi davmi arxeologik ashyolar :"Avesto", Bexistun yozuvlari, yunon-rim tarixchilarining asarlari asosidalik o'rta asrlami yunon-rim, so'g'd, xorazm va fors i yozma manbalari asosida Mustamlakachillik davrini esa fonly, turkly, rus va xorijiy mamlakatlar ilmiy asarlari yordamida: Mustaqillik davi esa Vatanamiz va xorijda chop etilgan O'zbekiston farbiga oid asarlar yordamida yoritiladi Demak, qadimgi ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan mehnat qurollari, kundalik turmushda ishlatgan jihozlari, tanga pullar, harbiy qurol-yarog'lar, uy-joy xarobalari, qal'alar, shaharlar, qabılar moddiy-tarixiy manbalar deb ataladi. Arxeologik ilmiy tadqiqotlar orqali olib borilgan izlanishlar natijasida topilgan moddiy topilmalar asosiy manbalar hisoblanadi.
2."O'zbekistonning eng yangi tarixi" o'quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. O'ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI BU - O'zbekiston tarixi fanining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Garchand, istiqlol yillarida boshlangan buyuk davlatchiligimiz poydevorini yaratishdagi ulkan bunyodkorlik, tashkilotchilik ishlari hali tarixga aylanib ulgurmagan bo'lsa bo'lsa-da, qisqa fursat Ichida O'zbekistonning istiqlol taraqqiyoti yo'lidan olamshumul islohotlarning mazmun-mohiyatini o'rganishni, tahlil qilishni hayotning o'zi dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo'ymoqda. eng yangi tarixi fani ob'ekti sifatida, fanning O'zbekiston tarixining eng yangi davri ekanligi nuqtayi nazaridan kelib chiqib, 1991 yildan to hozirgi kungacha bo'lgan voqea va hodisalarning bir butun hamda yaxlitlikda o'z ichiga oladi. Fanning predmeti esa mana shu bir butun ob'ekt ichidagi aniq siyosiy, tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iborat bo'ladi.