1. O'zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi…


Orol fojiasi kelib chiqish sabablari nimadan iborat?



Yüklə 56,22 Kb.
səhifə4/15
tarix07.01.2024
ölçüsü56,22 Kb.
#205002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
o\'zb javoblari

7.Orol fojiasi kelib chiqish sabablari nimadan iborat?.... Orol dengizi va Orol boʻyi hududi maʼmuriy jihatdan Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston) va Qozogʻiston hududida joylashgan. Orol dengizining yarmidan koʻproq qismi Oʻzbekiston hududiga qarashli. Orolboʻyi Amudaryo va Sirdaryoning quyi qismi hamda Orol 7dengizi atrofidagi hududlarni, shuningdek, dengiz sathining pasayishi natijasida uning shimoli-sharqiy va janubiy qismida vujudga kelgan Orol choʻlini oʻz ichiga oladi. Dengiz choʻl mintaqasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv bugʻlangan. Oʻtgan asrning boshlaridan suv sathi pasaya boshlangan. Masalan, 1911—1960-yillar davomida Orol dengiziga daryolardan yogʻin bilan birga bir yilda, oʻrtacha 65 kub, km suv kelib turgan; suv yuzasidan esa 66,10 kub, km suv bugʻlangan. Shunday qilib, har yili dengiz 1 kub km 50 yil davomida esa 50 kub, km suvni yoʻqotgan. Suv sathi ayniqsa, oʻtgan asrning 60-yillaridan boshlab sugʻoriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi, Amudaryo va Sirdaryo suvlarining sugʻorishga ishlatilishi tufayli keskin kamaya boshlagan. Oʻtgan 40 yildan koʻproq vaqt davomida Orol dengizining maydoni deyarli 4-marta, suv sathi 1,8-marta, undagi suv hajmi 9-martaga yaqin kamaydi. Dengiz suvining shoʻrlanishi 9-10 g/l dan 70-84 g/l gacha ortdi. Hozirgi kunda dengiz chuqurligining kamayishi yiliga 80-110 sm ni tashkil etadi. Oʻtgan 40 yil mobaynida qirgʻoq chizigʻi 80–100 km pasaygan. Buning oqibatida 4,5 mln gektardan oshiqroq dengiz tubi ochilib qoldi. Hozirgi kunda Orol dengizi uch qismga boʻlinib ketgan. Uning sayoz kichik shimoliy qismining suvi kuchsiz minerallashgan (8-13 g/l), birmuncha kattaroq sayoz sharqiy qismi ancha kuchli shoʻrlangan (68-72 g/l).
8. I.Karimov - O'zbekistonning Birinchi Prezidenti. Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri — 2016-yil 2-sentyabr, Toshkent shahri[2]) — davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994). Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni va 2007-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi, 2015-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi. Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingunga qadar OʻzSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991-yildan umrining oxiriga qadar Oʻzbekiston Prezidenti. Islom Karimov boshchiligida Oʻzbekiston oʻzining Konstitutsiyasiga ega boʻldi, BMTda tan olindi va MDH davlatlari bilan teng huquqli aloqalarni olib borgan. Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi („Tashselmash“) zavodida master yordamchiligidan boshladi. Soʻng mazkur korxonada master, texnolog. 1961-yildan 1966-yilgacha V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor boʻlib ishladi. 1966-yilda Oʻzbekiston Davlat plan komitetiga ishga oʻtib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. 1983-yildan Oʻzbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yildan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining oʻrinbosari — respublika Davlat plan komitetining raisi.

Yüklə 56,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin