1. O'zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi…


Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat



Yüklə 56,22 Kb.
səhifə6/15
tarix07.01.2024
ölçüsü56,22 Kb.
#205002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
o\'zb javoblari

11.Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat. O’zbekiston mustaqillikka yerishganidan so’ng kun tartibida ja-hon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizirnni vujudga keltirish vazifasi turar yedi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar yendilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas yedi. Mulkchilik, mulkka yegalik qilish va uni 11boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlat¬ning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jid-diy yangilanishlarni taqozo yetar yedi.Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya yetish lozim bo’lgan tayyor andozalari hech qachon bo’lmagan va bo’lmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma’rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari mavjud bo’lgan O’zbekistonday qadimiy makonda o’ziga xos yo’l tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim yedi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim yedi. Shuning uchun ham «Mustaqil O’zbekiston tug’ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o’zi yurishga majbur yedi».
12.Taraqqiyotning "O'zbek modeli" va uning o'ziga xos xususiyatlari?... milliy taraqqiyoti qanday bo'lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga yo'naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo'ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi Jamiyatni isloq etishning besh tamoyili Taraqqiyotning o'zbek modeli jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki evolyusion-tadrijiy ravishda isloq etishdir Jamiyatni isloq etishning besh tamoyili: 1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi. 2. Davlat - bosh isloqotchi. 3. Qonunning ustuvorligi. 4. Kuchli ijtimoiy siyosat. 5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish. Taraqqiyotning "O'zbek modeli” Dunyoviy davlat qurishda «O'zbek modeli»ning jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayot sohalarida namoyon bo'lishi. Dunyoviy va milliy davlatchilik tushunchalari. O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy vazifalari. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar jahon maydoniga chiqishda ular dunyoviy davlat qurish yo'lidan borganligi bilan xarakterlanadi. Aslida 1) dunyoviy davlatchilik, 2) milliy davlatchilik va 3) islom davlatchiligi tushunchalari mavjud bo'lib, ularning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Dunyoviy davlat tushunchasi, avvalo, demokratiyaning muhim umumjahon e'tirof etgan asosiy tamoyillariga asoslanadi. Bu tamoyillar: 1. Erkin va adolatli saylovlar. 2. Ochiq va hisobot beruvchi hukumat. 3. Inson huquqlarining ustuvorligi. 4. Hokimiyat organlarining saylanib qo'yilishi. 5. So'z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanishi. 6. Qonun ustuvorligi. 7. Fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi. 8. Tayinlash yo'li bilan shakllangan davlat organlarining saylab qo'yiladigan organlari oldida hisob berib turishi. 9. Ko'ppartiyaviylik tizimining mavjudligi. 10. Umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarning o'tkazilishi. 11. Mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning tengligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi. 12. Siyosiy muholifatning ochiq faoliyat ko'rsatishi. 13. Jamiyatda xilma-xil fikrlarning, plyuralizmning mavjudligi.

Yüklə 56,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin