29.O'zbekiston Respublikasida ta'lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san'at va sport sohalarini rivojlantirish. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati, keyingi o‘rinlarda “Tomonlar” deb ataladi, tarixiy rivojlanishning ko‘p asrlik yaxlitligiga, o‘zlarining hamjihatlik, adolat va tenglik asosidagi davlatlararo munosabatlarini qat’iyat bilan qurishga, an’anaviy madaniy va ilmiy-texnikaviy aloqalarga asoslanib, do‘stlik, qo‘shnichilik aloqalarini va o‘zaro foydali hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlarining tub manfaatlariga javob berishini hisobga olib, 1992-yil 29-sentabrda Toshkent shahrida tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi Shartnomaga amal qilib, ikki tomonlama siyosiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va insonparvarlik munosabatlarini kengaytirish va chuqurlashtirishning, shuningdek, ikkala respublikaning ilmiy, texnologik va ishlab chiqarish salohiyatlaridan o‘zaro manfaatli va samarali foydalanishning muhimligini e’tiborga olib, ilm- fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, turizm va sport sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish ikkala respublika o‘rtasidagi do‘stona qo‘shnichilik munosabatlarining mustahkamlanishiga, bilimlar va madaniyatlarni o‘zaro boyitishni kengaytirishga yordam berishiga ishonib,
30. O'zbekiston Respublikasi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati.2017- yil 3- yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-419-sonli Qonuni qabul qilindi. 34 moddadan iborat ushbu hujjatda korrupsiya atamasiga ta’rifdan tortib, unga qarshi kurashish, vakolatli organlar va ularning vazifalari, korrupsiyaga qarshi javobgarlik, bu masalada xalqaro hamkorlik kabi barcha muhim jihatlar qayd etilgan. Mazkur Qonunning 3-moddasi asosiy tushunchalar to‘g‘risida bo‘lib, ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;korrupsiyaga oid huquqbuzarlik - korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;manfaatlar to‘qnashuvi - shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.