51
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MULTIMEDIA
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH MAZMUNI
Raximova Nargiza Mexriddinovna
BuxDPI 2-kurs magistranti
https://doi.org/
10.5281/zenodo.7830558
Annotatsiya:
Ta’limda multimedia texnologiyalaridan foydalanish
haqida
bilim va
ko‘nikmalarni shakllantirish masalalari.
Kalit so‘zlar:
Multimedia,axborot texnologiyalari,flash,elektron darsliklar.
Ilm-fan – taraqqiyot asosi. Zamonaviy ilm-fan yutuqlariga, innovatsion g‘oyalarga tayanmagan
davlatning ham, jamiyatning ham kelajagi yo‘q.Faqat ilm va ma’rifat, intellektual salohiyat, har
tomonlama bilimli kadrlar hisobidan biz O‘zbekistonni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqa
olamiz(Sh. M. Mirziyoyev)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi
taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-6108-son
Farmoni
(keyingi o‘rinlarda — Farmon) ijrosini ta’minlash
maqsadida:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ta’lim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan
birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy o‘qitish
shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari joriy qilindi.
Bugungi kunda o‘quv jarayoniga kompyuter va axborot texnologiyalarini olib kirish va
dasturiy ta’minotni amalga oshirishni taqozo qilmoqda. Umumta’lim maktablari boshlang‘ich
sinflarda matematika darslarini o‘qitishda ham axborot texnologiyalaridan foydalanish
maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Axborot texnologiyasi shaxsga yoʻnaltirilgan texnologiya boʻlib, u oʻquvchilarning intellektual
va emostional-motivastion rivojlanishi, bilim va kasbiy malakalar shakllanishi, taʼlim
jarayoniga qadriyat sifatida yondashish munosabatini taʼminlash, faollikni oshirish, oʻz-oʻzini
anglash va mustaqilligini shakllantirishga qaratilgan.
Hozirgi vaqtda taʼlimda quyidagi asosiy axborot texnologiyalardan keng foydalanilmoqda va
oʻrganilmoqda:
1.
Power Point mahsulotlari.
2.
Elektron oʻquv-metodik majmualar.
3.
Elektron shakldagi oʻquv-usuliy materiallar.
4.
Elektron darslik.
5.
Elektron oʻquv adabiyoti.
6.
Multimedia.
7.
Multimediali kitoblar.
8.
Flash mahsulotlari.
9.
Gipermedia kitoblar.
Dostları ilə paylaş: |