O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
KIMYOLASHTIRISH VA O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH VOSITALARINI
RESPUBLIKA HUDUDIGA OLIB KIRISH TARTIBINI SODDALASHTIRISH
TO‘G‘RISIDA
Respublika hududiga kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish
vositalarini olib kirishni
tartibga solish, jumladan qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan kimyolashtirish va o‘simliklarni
himoya
qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish hamda ro‘yxatga olishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar
Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, «O‘zagrokimyohimoya» AJ va
«O‘zkimyosanoat» AJning xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan kimyolashtirish va o‘simliklarni
himoya qilish vositalarini respublika hududiga olib kirish tartibini soddalashtirish to‘g‘risidagi
taklifi
ma’qullansin.
2. Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va
ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi
nizom
ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik
va idoralar bilan
birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu
qarorga
muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh
vazirining
agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniev va
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjaev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020 yil 2 dekabr,
765-son
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 dekabrdagi 765-son
qaroriga
ILOVA
Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga