ta’sir etuvchi modda — o‘simliklarni himoya qilish vositalarining preparativ shakli
tarkibidagi biologik aktiv qismi;
o‘simliklarni himoya qilish vositalari — o‘simliklarni himoya qilish uchun ishlatiladigan
kimyoviy va biologik vositalar;
o‘simliklarni himoya qilish vositalarining analitik standarti — o‘simliklarni himoya
qilish vositalarining preparativ shakli tarkibidagi biologik aktiv qismi (ta’sir etuvchi modda)ning
standart namunasi;
o‘simliklarni himoya qilish vositalarining analogi — bitta ta’sir etuvchi modda asosida,
xuddi shunday preparativ shaklda tayyorlangan o‘simliklarni himoya qilish vositalari;
foydalanish reglamenti — kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini
qo‘llash qoidalari;
etalon — ro‘yxatga olinadigan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari
samaradorligini qiyoslash varianti.
3. Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida
guvohnoma berish mazkur Nizomning
1-ilovasida
keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan yoki xorijiy mamlakatlardan olib
kelinadigan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari ro‘yxatga olinishi shart.
Oldingi tahrirga qarang. 5. Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida
guvohnoma O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) qaroriga
asosan beriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y., 09/21/752/1166-son) 6. Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida
guvohnoma besh yil muddatga beriladi.
7. Belgilangan tartibda ro‘yxatga olinmagan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish
vositalarini ishlab chiqarish, olib kelish, realizatsiya qilish va qo‘llash ta’qiqlanadi.