6-bob. Ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomalar reestrini yuritish Oldingi tahrirga qarang. 50. Agentlik ro‘yxatga olganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarning reestrini yuritadi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y., 09/21/752/1166-son) 51. Ro‘yxatga olganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarning reestrida quyidagi ma’lumotlar
ko‘rsatib o‘tiladi:
ariza beruvchining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, manzili, telefoni;
ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomaning berilgan sanasi va tartib raqami;
ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomaning amal qilish muddati;
ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomaning qayta rasmiylashtirish, to‘xtatib turish, uni
bekor qilish va uning dublikati berishning asosi va sanasi.
7-bob. Yakunlovchi qoida Oldingi tahrirga qarang. 52. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida
belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022 y., 09/22/153/0266-son) Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tartibi
to‘g‘risidagi
nizomga
1-ILOVA
Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olish TARTIBI Oldingi tahrirga qarang. Bosqichlar Sub’ektlar Tadbirlar Bajarish muddatlari 1-bosqich Ariza beruvchi
Kimyolashtirish va o‘simliklarni
himoya qilish vositalarini ro‘yxatga
olish guvohnomasi olish uchun ariza va
tegishli hujjatlarni O‘simliklar
karantini va himoyasi agentligiga
taqdim etadi
Yil davomida