Mijozlarning boshqa depozit hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar hisobi



Yüklə 29,2 Kb.
səhifə1/4
tarix22.09.2023
ölçüsü29,2 Kb.
#147238
  1   2   3   4
Mijozlarning boshqa depozit hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyala




Mijozlarning boshqa depozit hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar hisobi.
Reja:
    1. Banklarda ochiladigan hisobvaraqlarning turlari.


    2. Mijozlarga hisobvaraq ochish tartibi.
    3. Mijozlarning hisobvaraqlarini yuritish tartibi.


    4. Hisobvaraqlarni qayta rasmiylashtirish, boshqa bankka o’tkazish va yopish tartibi, qayta rasmiylashtirish, boshqa bankka o’tkazish va yopish tartibi.


  1. Banklarda ochiladigan hisobvaraqlarning turlari.


“Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish” haqidagi Markaziy bank ko‘rsatmalariga asosan mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, har bir korxona, tashkilot va muassasalar o‘z faoliyatlarini boshlashdan avval tijorat banklarining birida talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlarini ochishlari lozim. Bu mijozlarga bankda ochilgan bank hisobvarag‘i hisoblanadi.

Bank hisobvarag‘i - bank hisobvarag‘i shartnomasini tuzish orqali bank mijoz hisobvarag‘iga kelib tushgan pul mablag‘larini qabul qilish va shu hisobvarag‘ga kiritish, mijozning hisobvarag‘idagi tegishli mablag‘larini o‘tkazish hamda hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalar bajarishi to‘g‘risidagi farmoyishlarini bajarish vazifasini o‘z zimmasiga olishi natijasida bank bilan mijoz o‘rtasida vujudga keladigan huquqiy munosabatlardir.


Bank hisobvarag‘ini ochish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2019-yil 16-mart 7/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan ‘‘O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (Adliya vazirligida 2019-yil 27-aprelda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi) va unga kiritilgan o‘zgarishlar asosida tashkil etiladi.
Bank hisobvaraqlari quyidagi turlarga bo‘linadi:

    • talab qilinguncha saqlanadigan (muddatsiz) depozit hisobvaraqlari;

    • jamg‘arma depozit hisobvaraqlari;

    • muddatli depozit hisobvaraqlari;

    • depozitlarning boshqa turlari (akkreditivlar bo‘yicha, muddatsiz, foizsiz depozitlar) bo‘yicha hisobvaraqlar;

    • ssuda hisobvaraqlari.

Talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, jismoniy va yuridik shaxslarga ochiladi. Xususan, qishloq xo‘jaligi korxonalari va savdo tashkilotlarining o‘z mablag‘larini saqlash va joriy operatsiyalarni bajarishi uchun mo‘ljallangan maxsus hisobvaraqlari ham shular jumlasidandir.
Budjet muassasalariga respublika va mahalliy budjet hisobidan ajratiladigan mablag‘larni keltirish hamda shu mablag‘lardan foydalanish uchun ularga talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari ochiladi.
Bank tizimi faoliyatining jahon standartlariga o‘tkazilishi munosabati bilan juda ko‘plab o‘zgarishlar kiritildi. Masalan, korxona va tashkilotlarning operatsiyalari o‘tkaziladigan hisob-kitob hisobvaraqlari “talab qilinguncha saqlanadigan depozit” hisobvaraqlari deb nomlandi. Bu hisobvaraqlarni nomerlash tartibi ham o‘zgardi. Mijozlar hisob-kitob va kassa xizmatlaridan foydalanish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar. Har bir mijozga milliy va xorijiy valutada talab qilinguncha saqlanadigan asosiy depozit hisobvaraq faqat bitta bankda ochiladi.
Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari bo’lgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo’jaliklari tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi xujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  • hisobvaraq ochish uchun ariza;

  • tijorat faoliyati uchun mo’ljallangan tovarlarni xorijdan olib keluvchi yakka tadbirkorlar-yashash joyi bo’yicha davlat soliq xizmati idorasi tomonidan berilgan “Tijorat faoliyati bo’yicha tovarlarni olib keluvchi tadbirkor davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risida” guvohnoma nusxasi;

  • davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;

  • imzolar va muxr izi namunalari tushirilgan 2-nusxada varaqcha;

  • ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan o’zgarishlar;

  • mijoz tomonidan pul-hisob kitob xujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo’lgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi xujjati.

Shaxsni tasdiqlovchi xujjat ko’rsatilganda bank tomonidan uning kseronusxasi olinadi va mijozga qaytarib beriladi.
Demak, yuqorida sanab o‘tilgan barcha hujjatlarning har biri ma’lum maqsadda tuzilib, hammasi birgalikda korxona rahbari tomonidan bank boshqaruvchisiga topshiriladi. Bu hujjatlar bank huquqshunosi, boshqaruvchisi tomonidan o‘rganib chiqilgandan so‘ng hisobvaraq ochish uchun ruxsatni bank boshqaruvchisi beradi. Boshqaruvchi hisobvaraq ochish uchun roziligini arizaga maxsus ajratilgan joyga o‘z imzosini qo‘yish orqali bildiradi.

  1. Yüklə 29,2 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin