Respublika hududiga olib kirish tartibini soddalashtirish


-bob. Ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomani qayta rasmiylashtirish, dublikatlar berish



Yüklə 381,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/19
tarix08.06.2023
ölçüsü381,08 Kb.
#127134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
765 02.12.2020 (1)

4-bob. Ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomani qayta rasmiylashtirish, dublikatlar berish 
41. Ariza beruvchining tashkiloti qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan 
manzili o‘zgarganda, faoliyat ko‘rsatish joyi (pochta manzili) o‘zgartirilmasdan ariza beruvchi yoxud 
uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganda, kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish 
vositalarini ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomani qayta rasmiylashtirish bo‘yicha 
ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda ariza berilishi shart.Bunda ariza 
beruvchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
42. Ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnoma qayta rasmiylashtirilganda, ro‘yxatga 
olganlik to‘g‘risida guvohnomalar reestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. 
43. Ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomani qayta rasmiylashtirish va uni arizachiga 
berish ariza olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. 
44. Ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnoma yo‘qolgan yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan 
hollarda ariza beruvchining arizasiga binoan uning dublikati beriladi va uni rasmiylashtirish ariza 
olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Dublikat 
rasmiylashtirilganda to‘lovlar undirilmaydi. 
45. Ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomaning dublikatini rasmiylashtirish va uni 
arizachiga berish ariza olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga 
oshiriladi. 
5-bob. Ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, 
to‘xtatish va uni bekor qilish 
46. Ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish 
va uni bekor qilish O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish 
tartib-taomillari to‘g‘risida»gi Qonunning 
22

23
 va 
25-moddalarida
 nazarda tutilgan holatlarda va 
tartibda amalga oshiriladi. 
47. Ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomaning amal qilinishini belgilangan tartibda 
to‘xtatish uchun asos bo‘ladigan, ruxsat berish talablari va shartlarining bir marotaba qo‘pol ravishda 
buzilishiga quyidagilar kiradi: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Agentlik tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan ruxsat berish talablari va shartlariga 
rioya etilishi bo‘yicha tekshiruvlardan bosh tortish; 
(47-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 
dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y., 
09/21/752/1166-son)
harakatlarni va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish natijasida fuqarolar hayoti va 
sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi yoxud zarar yetkazishning real xavfini yuzaga keltirish. 
48. Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarining ro‘yxatga olinganligi 
quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: 
qo‘llanilayotgan vositalar tarkibida aralashmalar bo‘lsa yoki ularning tarkibi ro‘yxatga 
olingan tarkibdan farq qilsa
ro‘yxatga olingan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari qo‘llanilganda 
fuqarolar sog‘lig‘iga, atrof muhitga yoki foydali entomofaglarga zarar yetkazilishi ehtimoli 
to‘g‘risida yangi ilmiy jihatdan tasdiqlangan ma’lumotlar mavjud bo‘lsa. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
49. Ro‘yxatga olingan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarining 
nomaqbul xossalari, biologik jihatdan samaradorligi past ekanligi aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston 


Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-
epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Ekologiya va atrof-muhitni 
muhofaza qilish davlat qo‘mitasining xulosasiga ko‘ra Agentlik tomonidan ularning ro‘yxatga 
olinganligi bekor qilinadi. 
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 dekabrdagi 752-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y., 09/21/752/1166-son)

Yüklə 381,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin